https://oz.sputniknews.uz/20210605/chet-el-fuqarolarining-huquqlarini-belgilovchi-qonun-imzolandi--19108779.html
Chet el fuqarolarining huquqlarini belgilovchi qonun imzolandi
Chet el fuqarolarining huquqlarini belgilovchi qonun imzolandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga ega. 05.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-05T19:44+0500
2021-06-05T19:44+0500
2021-06-05T19:44+0500
jamiyat
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/903/71/9037172_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_9c85313cf176dfc9d3d33e2fb3c51479.jpg
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi 692-sonli qonun Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. Huquqiy axborot telegram kanali xabariga asosan. O‘zbekistondagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Xususan, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:Shuningdek, O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga ega. Undan tashqari, 18 yoshgacha bo‘lgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekistonda turish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi. Yana bir jeihati, ikki yoki undan ortiq davlat fuqaroligiga ega chet el fuqarolari qaysi davlat fuqaroligiga mansubligi to‘g‘risidagi hujjatlar bo‘yicha O‘zbekistonga kirgan bo‘lsa, O‘zbekistonda o‘sha davlatning fuqarolari hisoblanadi.O‘zbekistonda doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga – ular 16 yoshga to‘lganida yoki ota-onasining, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra – bola tug‘ilgan paytidan e’tiboran va 16 yoshga to‘lguniga qadar identifikatsiyalovchi karta beriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/903/71/9037172_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_6c987307bc6f09b1b6f1d0e46445ae58.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yangi qonun
Chet el fuqarolarining huquqlarini belgilovchi qonun imzolandi
O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga ega.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi 692-sonli qonun Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. Huquqiy axborot telegram kanali xabariga asosan.
O‘zbekistondagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi.
Xususan, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
O‘zbekiston hududida O‘zbekiston fuqarolari bilan teng ravishda mulk huquqidan foydalanadi;
O‘zbekiston hududi bo‘ylab erkin harakatlanish huquqiga ega;
nodavlat notijorat tashkilotining muassislari, ishtirokchilari (a’zolari) bo‘lishi mumkin;
davlat organlariga, tashkilotlarga hamda ularning mansabdor shaxslariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega;
davlat xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega;
soliq imtiyozlaridan foydalanishi mumkin.
Shuningdek, O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqarolari bilan teng ravishda pensiya olish huquqiga ega.
Undan tashqari, 18 yoshgacha bo‘lgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekistonda turish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
Yana bir jeihati, ikki yoki undan ortiq davlat fuqaroligiga ega chet el fuqarolari qaysi davlat fuqaroligiga mansubligi to‘g‘risidagi hujjatlar bo‘yicha O‘zbekistonga kirgan bo‘lsa, O‘zbekistonda o‘sha davlatning fuqarolari hisoblanadi.
O‘zbekistonda doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga – ular 16 yoshga to‘lganida yoki ota-onasining, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra – bola tug‘ilgan paytidan e’tiboran va 16 yoshga to‘lguniga qadar identifikatsiyalovchi karta beriladi.