https://oz.sputniknews.uz/20210604/qirgiziston-bayonoti-tojikiston-bilan-chegarada-vaziyat-ziddiylashdi-19085462.html
Qirg‘iziston bayonoti: Tojikiston bilan chegarada vaziyat ziddiylashdi
Qirg‘iziston bayonoti: Tojikiston bilan chegarada vaziyat ziddiylashdi
Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iz tomoni bayonotiga ko‘ra, Tojikiston tomoni, sal avval qirg‘iz-tojik chegarasi delimitatsiya va demarkatsiyasi masalalari bo‘yicha hukumatlararo delegatsiya... 04.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-04T10:40+0500
2021-06-04T10:40+0500
2021-06-04T10:52+0500
dunyoda
qirg‘iziston
tojikiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/11/18767298_0:44:2855:1649_1920x0_80_0_0_0ecb4beea920cf5c66e44e86c2194daf.jpg
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida vaziyat yana o‘tkir tus oldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti qirg‘iz chegara xizmatidan olingan ma’lumot asosida."Tojikiston tomoni, sal avval qirg‘iz-tojik chegarasi delimitatsiya va demarkatsiyasi masalalari bo‘yicha hukumatlararo delegatsiya tomonlari erishgan barcha kelishuvlarni buzgan holda 2021-yilning 4-iyun kuni tungi 03.00da kelishilmagan chegara hududi O‘sh viloyati Chon-Alay tumani Unju-Buloq manzilida Qirg‘iziston Respublikasi territoriyasiga ming metrgacha kirgan holda konteyner o‘rnata boshladi", — degan agentlik suhbatdoshi.Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, 4-iyun ertalab 6.00 holatiga ko‘ra chegarada ziddiyat susaymagan, tojik tomoni yuqorida keltirilgan hududda davlat chegarasining kelishilmagan qismida konteynerni qoldirib, undan olti yuz metr nariga o‘tgan.Bundan tashqari, matbuot-xizmati taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, Tojikiston tomonidan "harbiy xizmatchilarning avtomobil va yengilzirhlangan texnikada chegaraga yaqin to‘planishi holati kuzatilmoqda".Qirg‘iz tomonidan tomonlarning chegara vakillari darajasida vaziyatni tartibga solish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda, ammo Tojikiston respublikasi chegara xizmati vakillari telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berishmayapti", - deb qayd etdi idora.Ta’kidlanganidek, Tojikiston bilan davlat chegarasining qismida joylashgan Qirg‘iziston chegara xizmatining bo‘linmalari xizmatni kuchaytirilgan tartibda o‘tashga o‘tgan.Shuningdek, Bishkek Dushanbeni deeslakatsiya bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni buzganlikda ayblagan."Tojikiston tomoni, ilgari erishilgan kelishuvlarni buzgan holda, vaziyatni o‘tkir tus oldirtirdi va qirg‘iz-tojik davlat chegarasidagi vaziyatni murakkablashtirdi, bu yaxshi qo‘shnichilik va do‘stona munosabatlarga mos kelmaydi", dedi Qirg‘iziston hukumati vakili RIA Novostiga bergan intervyusida.Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyat 28-aprel sanasida ziddiylashgan va ikki davlat fuqarolari o‘rtasidagi mojaro ikki davlat harbiylari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvga aylangandi.O‘tkazilgan oliy darajadagi shoshilinch muzokaralar natijasida 3-may kuni to‘qnashuvlar to‘xtadi.Otishma oqibatida Tojikistonning 19 nafar fuqarosi halok bo‘ldi, yana 87 nafari turli darajadagi tan jarohatlarini oldi.Qirg‘iz tomoni 36 nafar qurbon va 200 ga yaqin jarohatlanganlar haqida ma’lum qilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210525/qirgiziston-tojikiston-bilan-chegarani-vaqtincha-yopdi-18895137.html
https://oz.sputniknews.uz/20210529/qirgiziston-hukumati-aviakompaniyalarga-tojikiston-fuqarolariga-chiptalar-sotishni-taqiqladi-18974195.html
qirg‘iziston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/11/18767298_61:0:2792:2048_1920x0_80_0_0_d031a13c98656ce62080080552540c77.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qirg‘iziston, tojikiston
dunyoda, qirg‘iziston, tojikiston
Qirg‘iziston bayonoti: Tojikiston bilan chegarada vaziyat ziddiylashdi
10:40 04.06.2021 (yangilandi: 10:52 04.06.2021) Qirg‘iz tomoni bayonotiga ko‘ra, Tojikiston tomoni, sal avval qirg‘iz-tojik chegarasi delimitatsiya va demarkatsiyasi masalalari bo‘yicha hukumatlararo delegatsiya tomonlari erishgan barcha kelishuvlarni buzgan
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida vaziyat yana o‘tkir tus oldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti qirg‘iz chegara xizmatidan olingan ma’lumot asosida.
"Tojikiston tomoni, sal avval qirg‘iz-tojik chegarasi delimitatsiya va demarkatsiyasi masalalari bo‘yicha hukumatlararo delegatsiya tomonlari erishgan barcha kelishuvlarni buzgan holda 2021-yilning 4-iyun kuni tungi 03.00da kelishilmagan chegara hududi O‘sh viloyati Chon-Alay tumani Unju-Buloq manzilida Qirg‘iziston Respublikasi territoriyasiga ming metrgacha kirgan holda konteyner o‘rnata boshladi", — degan agentlik suhbatdoshi.
Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, 4-iyun ertalab 6.00 holatiga ko‘ra chegarada ziddiyat susaymagan, tojik tomoni yuqorida keltirilgan hududda davlat chegarasining kelishilmagan qismida konteynerni qoldirib, undan olti yuz metr nariga o‘tgan.
Bundan tashqari, matbuot-xizmati taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, Tojikiston tomonidan "harbiy xizmatchilarning avtomobil va yengilzirhlangan texnikada chegaraga yaqin to‘planishi holati kuzatilmoqda".
Qirg‘iz tomonidan tomonlarning chegara vakillari darajasida vaziyatni tartibga solish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda, ammo Tojikiston respublikasi chegara xizmati vakillari telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berishmayapti", - deb qayd etdi idora.
Ta’kidlanganidek, Tojikiston bilan davlat chegarasining qismida joylashgan Qirg‘iziston chegara xizmatining bo‘linmalari xizmatni kuchaytirilgan tartibda o‘tashga o‘tgan.
Shuningdek, Bishkek Dushanbeni deeslakatsiya bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni buzganlikda ayblagan.
"Tojikiston tomoni, ilgari erishilgan kelishuvlarni buzgan holda, vaziyatni o‘tkir tus oldirtirdi va qirg‘iz-tojik davlat chegarasidagi vaziyatni murakkablashtirdi, bu yaxshi qo‘shnichilik va do‘stona munosabatlarga mos kelmaydi", dedi Qirg‘iziston hukumati vakili RIA Novostiga bergan intervyusida.
Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyat 28-aprel sanasida ziddiylashgan va ikki davlat fuqarolari o‘rtasidagi mojaro ikki davlat harbiylari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvga aylangandi.
O‘tkazilgan oliy darajadagi shoshilinch muzokaralar natijasida 3-may kuni to‘qnashuvlar to‘xtadi.
Otishma oqibatida Tojikistonning 19 nafar fuqarosi halok bo‘ldi, yana 87 nafari turli darajadagi tan jarohatlarini oldi.
Qirg‘iz tomoni 36 nafar qurbon va 200 ga yaqin jarohatlanganlar haqida ma’lum qilgan.