https://oz.sputniknews.uz/20210604/narbaeva-va-ashimbaev-hamkorlik-memorandumini-imzoladi-19088716.html
Narbayeva va Ashimbayev hamkorlik memorandumini imzoladi
Narbayeva va Ashimbayev hamkorlik memorandumini imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuvi... 04.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-04T12:35+0500
2021-06-04T12:35+0500
2021-06-04T12:35+0500
siyosat
o‘zbekiston
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/04/19083844_117:161:1254:801_1920x0_80_0_0_dac09924cab7cf9918e05834e89c4eec.jpg
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. 3-iyun kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga katta ahamiyat berayotgani ta’kidlandi. Transport kommunikatsiyalari va tranzit tashuvlari, mehnat migratsiyasi, suvdan foydalanish, madaniyat, ta’lim, gender tenglik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar Samarqandda Qozog‘iston Konsulxonasi, Chimkent shahrida esa O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ochilishini olqishladilar.Shuningdek, hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan ixtisoslashgan qo‘mitalar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, xalqaro parlament tuzilmalari (PI, YeXHT PA, MDH PA), shuningdek boshqa qator xalqaro tashkilotlar doirasida umumiy tashabbuslarni ilgari surish, deputatlar o‘rtasida hududlararo hamkorlik o‘rnatish, huquqiy bazani tezlikda shakllantirish, pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.2021-2022 yillarda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Qozog‘iston parlamenti huzuridagi Parlamentarizm instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzoladilar.Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing tashkil etildi.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/04/19083844_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_a58320a2db23d8733a360887029475df.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, qozog‘iston
siyosat, o‘zbekiston, qozog‘iston
Narbayeva va Ashimbayev hamkorlik memorandumini imzoladi
Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. 3 iyun kuni Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga katta ahamiyat berayotgani ta’kidlandi. Transport kommunikatsiyalari va tranzit tashuvlari, mehnat migratsiyasi, suvdan foydalanish, madaniyat, ta’lim, gender tenglik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar Samarqandda Qozog‘iston Konsulxonasi, Chimkent shahrida esa O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ochilishini olqishladilar.
Shuningdek, hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan ixtisoslashgan qo‘mitalar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, xalqaro parlament tuzilmalari (PI, YeXHT PA, MDH PA), shuningdek boshqa qator xalqaro tashkilotlar doirasida umumiy tashabbuslarni ilgari surish, deputatlar o‘rtasida hududlararo hamkorlik o‘rnatish, huquqiy bazani tezlikda shakllantirish, pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
2021-2022 yillarda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti hamda Qozog‘iston parlamenti huzuridagi Parlamentarizm instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzoladilar.
Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing tashkil etildi.