Toshkent aeroportida qalbaki dollar olib kelgan shaxs ushlandi

© AFP 2023 / MARVIN RECINOSDollari
Dollari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2021
Obuna bo‘lish
"Istambul-Olm-ota-Toshkent" yo‘nalishida uchib kelgan yo‘lovchining bagaji bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, sochiqlar orasida 5000 AQSh dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyuta borligi aniqlandi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Toshkent aeroportida "Istambul-Olm-ota-Toshkent" yo‘nalishida uchib kelgan yo‘lovchining bagaji bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, sochiqlar orasida 5000 AQSh dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyuta borligi aniqlandi.
Mazkur valyutalarning haqiqiyligi bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi. Qalbaki kupuralarni aniqlashga ixtisoslashgan valyuta detektori tasdiqladi. Kupuralarning aksariyatida seriya raqamlari ham bir xil bo‘lgan.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>
Shu kuni tezkor tadbir xalqaro aeroport avtoturargohida va Yashnobod tumanida davom ettirilib, mazkur qalbaki valyutalarni qabul qilib, egasiga yetkazishi lozim bo‘lgan shaxslar ham ketma-ket qo‘lga olindi.
Ulardan birining boshqaruvidagi “Lasetti” avtotransport vositasini ko‘zdan kechirish davomida, old yo‘lovchi o‘rindig‘i ostida yana soxta 5000 AQSh dollari borligi aniqlandi.
Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki valyutalarning haqiqiy egasi ularni qabul qilib olayotgan vaqtida fosh qilindi.
Hozirda soxta dollarlar ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Yangiliklar lentasi
0