Rossiyada mehnat resurslari narxi 50-100 foizga oshdi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishZamestitel predsedatelya pravitelstva RF Marat Xusnullin
Zamestitel predsedatelya pravitelstva RF Marat Xusnullin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya hukumati ayni damda mehnat migrantlari kirib kelishini soddalashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqmoqda.
TOShKENT, 3-iyun - Sputnik. Rossiyada qurilish sohasida migrantlar yetishmovchiligi tufayli vaziyat juda og‘ir. - dedi Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro iqtisodiy forumda bosh vazir o‘rinbosari Marat Xusnulin.
"Hozir migrantlar va mehnat resurslari bo‘yicha vaziyat juda og‘ir. Mehnat resurslari narxi 50-100%ga oshdi. Bu degani bizda mablag‘ yetishmayapti degani emas, balki qurilishda ishlashi mumkin bo‘lgan odamlar yo‘q", - dedi Xusnulin.
Bosh vazir o‘rinbosari aytishiga ko‘ra, koronavirusga qarshi shtab rahbari Tatyana Golikova ishtirokida bo‘lib o‘tgan majlisda, Rossiyada qurilish sohasida ishlashga tayyor bo‘lgan mehnat migrantlari uchun kirish tartibini soddalashtirish mexanizmi tayyorlangan.
"Ikkinchi bosqichda biz ushbu yechimni hukumat rahbari darajasiga olib chiqamiz", - dedi Husnulin.
Ma’lumot uchun, Sankt-Peterburgdagi iqtisodiy forum 2-5 iyun kunlari oflayn formatda bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0