Qum bo‘ronlariga nima sabab bo‘lmoqda – O‘zgidromet izohi

Obuna bo‘lish
Changli bo‘ron - qurg‘oqchil, cho‘l va yarim cho‘l hududlarda tez-tez uchraydigan hodisadir. Markaziy Osiyoning aksariyat hududlari uchun bu - odatiy hol.
TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonning turli hududlarida qum va chang bo‘ronlari kuzatilmoqda. Ushbu tabiiy hodisalarga nima sabab bo‘layotganiga O‘zgidromet xizmati mutaxassislari izoh berdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha 2-iyun kuni Qo‘shrabot (Samarqand viloyati) meteostansiyasida soat taxminan 15:18 larda shimoli-g‘arbdan kuchli shamol boshlanib, 20 m/s gacha yetgan, shuning okibatida qumli bo‘ron ko‘tarilgan va taxminan 16:20 larda tingan edi.
Changli bo‘ron – bu atmosfera hodisasi bo‘lib, yer yuzidan katta miqdordagi qum va changlarni kuchli shamol ta’sirida ko‘tarilishidir. Bizning hududimizda bunday jarayonlar ko‘pincha bahorda va yozning boshida rivojlanadi.
Aksariyat hollarda changli bo‘ron qurg‘oqchil hududlarda - cho‘l va yarim cho‘l hududlarda sodir bo‘ladi. Changli bo‘ronlar O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa hududlarida ham tez-tez uchraydigan hodisadir.
Peschanaya burya v Pekine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2021
Pekinga qum bo‘roni yopirildi – kishini sehrlovchi suratlar
Ushbu yilning may oyida O‘zbekiston hududi bo‘yicha bir nechta changli bo‘ron hodisalari kuzatildi. Hatto Toshkentda ham 29-may kuni shiddatli kuchli shamol hisobiga changli bo‘ron kuzatildi.
Toshkent qurg‘oqchil hudud deb hisoblanmaydi, lekin so‘nggi yillarda O‘zbekistonda va Toshkent shahrida jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan qurilishlar juda katta miqdordagi qum va changning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda, ular hatto kuchsiz shamol esganda ham havoga ko‘tariladi.
Yangiliklar lentasi
0