O‘zbekiston Janubiy Koreyaning saratonni davolash shifoxonalarini qurish tajribasini o‘rganmoqda

© IA "Dunyo"Delegatsiya Uzbekistana vo glave s ministrom zdravooxraneniya Abduxakimom Xadjibayevim pribila v Yujnuyu Koreyu
Delegatsiya Uzbekistana vo glave s ministrom zdravooxraneniya Abduxakimom Xadjibayevim pribila v Yujnuyu Koreyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston SSV rahbari Janubiy Koreyaga tashrifi davomida koreyalik hamkasbi Kvon Dok Chol bilan uchrashdi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaga saratonni davolash shifoxonalarini qurish bo‘yicha koreys tajribasi va texnologiyalarini o‘rganish maqsadida keldi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, Toshkentda kasallik darajasi yuqori bo‘lgan saraton xastaliklarini davolash va faoliyat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan shifoxonalarni qurish rejalashtirilmoqda.
Peregovori Natsionalnoy palati i Yujnokoreyskogo professora Choy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2020
O‘zbekistonda Koreya uslubida Onkologiya markazi tashkil qilinadi
O‘zbekiston tomoni saraton shifoxonalarini tashkil etishda Janubiy Koreya ekspertlari va yetakchi kompaniyalarining ishtirokini ta’minlash borasida taklif bildirdi. Koreya Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Kvon Dok Chol mamlakat hukumati "nou-xau"lardan foydalanish orqali O‘zbekiston xalqining salomatligini yaxshilashga hissa qo‘shish imkoniga ega bo‘lishdan xursand ekanini aytdi.
Shuningdek, u sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha hukumatlararo ishchi guruhining yig‘ilishlari kun tartibini aniqlab olish orqali ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev may o‘rtalarida Toshkent tibbiyot akademiyasi hududiga borib, Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi binosi uchun mo‘ljallangan joyni ko‘rgan edi. Yangi binoni Janubiy Koreya tajribasi va loyihasi asosida qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0