O‘ta xavfli "qora mog‘or" Iroqqa yetib keldi: 2 kishi vafot etdi

© AFP 2023 / Ahmad Al-RubayeDezinfeksiya v prigorode Bagdada
Dezinfeksiya v prigorode Bagdada - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2021
Obuna bo‘lish
Iroqda 4 kishi “qora mog‘or”ga chalindi, 2 kishi vafot etdi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Iroqning janubidagi Di-Kar viloyatida kamida 2 kishi "qora mog‘or" deb nomlanuvchi mukormikoz - qo‘ziqorin kasalligidan vafot etdi. Bu haqda Rudaw telekanali mahalliy sog‘liqni saqlash departamenti vakili Ammar al-Zamiliga asosan xabar qildi.
“Nosiriya shahrida 4 kishi “qora mog‘or”ga chalinish holati aniqlandi, 2 nafar kishi vafot etdi. Ushbu ikkala holat koronavirus infeksiyasidan kelib chiqqan asoratlar bilan bog‘liq”, - deyilgan xabarda.
Indiysi molyatsya posle naneseniya na telo korovyego navoza dlya podnyatiya immuniteta i zashiti ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2021
“Bemorning ko‘zi olib tashlandi”: Hindistondan so‘ng Misr ham “qora mog‘or” hujumiga uchradi
Bundan avval, Misrda 7 kishi “qora mog‘or” kasalligiga chalingani haqida xabar berilgandi.
Mukormikoz boshqa zamburug‘lar kabi uzoq vaqt davomida gormonlar bilan davolangan va kislorod ta’minotiga ulangan COVID-bemorlarda aniqlanmoqda. Kasallik, shuningdek, katta dozada steroidlar olgan diabetiklarda ham uchramoqda. Ushbu infeksiya ko‘z, o‘pka va burun-halqumni shikastlaydi.
Hindistonda “qora mog‘or”ga chalinganlar soni 11 mingdan oshdi.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0