Mehnat migrantlarini PSR testidan o‘tkazish bo‘yicha tibbiyot muassasalari tanlab olindi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishEkspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo
Ekspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2021
Obuna bo‘lish
Xorijda ishlash uchun ketayotgan fuqarolarni PSR testidan o‘tkazish bo‘yicha tibbiyot muassasalari tanlab olindi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Xorijda ishlash uchun ketayotgan fuqarolarni PSR testidan o‘tkazish bo‘yicha tibbiyot muassasalari tanlab olindi.
Hozirgi kunda COVID-19 infeksiyasi sababli qator xorijiy davlatlar tomonidan boshqa davlat fuqarosini kiritish uchun ushbu infeksiya yo‘qligini tasdiqlovchi sertifikat talab etilmoqda.
Peshexodi idut po Patriarshemu mostu v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2021
Moskvada qancha migrant bor?
Shunga muvofiq, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy tarzda ketayotgan fuqarolarni COVID-19 (PSR) tekshiruvidan o‘tkazishni tashkillashtirish uchun respublikaning barcha viloyatlari tibbiyot muassasalariga tanlov e’lon qilgan edi.
Tanlovga kelib tushgan takliflar komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatida “Intermed innovation” MChJ, Toshkent shahrida “Tibbiyot dunyosi” MChJ tibbiyot muassasalari tanlab olindi.
Qolgan viloyatlari tibbiyot muassasalari uchun tanlov qaytadan o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0