Qirg‘izistonda parlamentning sobiq spikeri hibsga olindi

Obuna bo‘lish
Sobiq prezident Sooronbay Jeenbekovning ukasi Asilbek Jeenbekov korrupsiyada gumon qilinmoqda.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston parlamenti sobiq raisi va sobiq prezident Sooronbay Jeenbekovning ukasi Asilbek Jeenbekov korrupsiyada gumon qilinib hibsga olindi.
© Sputnik / Tabildi KadirbekovDeputat Jogorku Kenesha Asilbek Jeenbekov
Deputat Jogorku Kenesha Asilbek Jeenbekov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2021
Deputat Jogorku Kenesha Asilbek Jeenbekov
Shuningdek, Jokorgu Kenesh deputati Torobay Zulpukarov ham korrupsiyada gumon qilinib ushlangan.
© Sputnik / Tabildi KadirbekovDeputat Jogorku Kenesha Torobay Zulpukarov
Deputat Jogorku Kenesha Torobay Zulpukarov
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2021
Deputat Jogorku Kenesha Torobay Zulpukarov
Ular Qumtor oltin konini o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirishdagi korrupsiya holatlari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida hibsga olingan.
Qirg‘izistonda sud binosi oldida qo‘lga olingan deputatlar Asilbek Jeenbekov va Torobay Zulpukarovning tarafdorlari to‘plandi. Ular deputatlar noqonuniy qo‘lga olinganini aytib, siyosatchilarni ozod qilishni talab qilishgan.
RIA Novostining yozishicha, Bishkekning Birinchi may tuman sudi Jeenbekov va Zulpukarovga nisbatan ikki oy muddatga qamoq ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida qaror chiqargan.
Asilbek Jeenbekov 2020-yil oktabridagi uyushtirilgan ommaviy namoyishlar ortidan iste’foga chiqqan Qirg‘iziston sobiq prezidenti Sooronbay Jeenbekovning tug‘ishgan ukasi. Parlament deputati, 2011-yilan 2016-yilgacha Qirg‘iziston parlamenti spikeri lavozimida ishlagan. Zulpukarov ham parlament deputati, ilgari spiker o‘rinbosari lavozimini egallagan edi.
Yangiliklar lentasi
0