https://oz.sputniknews.uz/20210601/afgonistondagi-alisher-navoiy-maqbarasi-oldida-masjid-quriladi-19016488.html
Afg‘onistondagi Alisher Navoiy maqbarasi oldida masjid quriladi
Afg‘onistondagi Alisher Navoiy maqbarasi oldida masjid quriladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident O‘zbekiston va afg‘onistonlik mutaxassislar tomonidan Alisher Navoiy maqbarasini obodonlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha bilan tanishib chiqdi. 01.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-01T10:38+0500
2021-06-01T10:38+0500
2021-06-01T10:43+0500
madaniyat
alisher navoiy
afg‘oniston
maqbara
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/01/19016585_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_c5d31d3e32a613d094fc64eb28f88033.jpg
TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. Afg‘onistonning Hirot shahrida joylashgan buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy maqbarasini ta’mirlash va obodonlashtirish, masalalari muhokama qilindi. Ushbu loyiha O‘zbekiston va afg‘onistonlik mutaxassislar tomonidan Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasini joyida o‘rganish asosida ishlab chiqilgan. Shavkat Mirziyoyev ushbu loyiha bilan tanishib, mutasaddilarga ularni sifatli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Eslatib o‘tamiz, Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasini obodonlashtirish ishlari - O‘zbekiston prezidentning 2020-yil 19-oktabrda imzolangan “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/01/19016585_73:0:1208:851_1920x0_80_0_0_2500c8294cefcd82a1d498eff9c8d6e1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, alisher navoiy, afg‘oniston, maqbara
madaniyat, alisher navoiy, afg‘oniston, maqbara
Afg‘onistondagi Alisher Navoiy maqbarasi oldida masjid quriladi
10:38 01.06.2021 (yangilandi: 10:43 01.06.2021) Prezident O‘zbekiston va afg‘onistonlik mutaxassislar tomonidan Alisher Navoiy maqbarasini obodonlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha bilan tanishib chiqdi.
TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. Afg‘onistonning Hirot shahrida joylashgan buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy maqbarasini ta’mirlash va obodonlashtirish, masalalari
muhokama qilindi.
Prezidentga taqdim etilgan loyihaga muvofiq, maqbara hududiga kirish qismida sakkiz burchakli masjid bunyod etiladi. Kirish peshtog‘idan hovli qismining chap va o‘ng tomonida yopiq uslubda ayvonlar barpo etiladi. Maqbaraning tashqi ko‘rinishiga bezak beriladi. Gumbaz, maqbara oldi va yon qismlari mayolika elementlari bilan ishlanadi. Majmua hududi ko‘kalamzorlashtiriladi.
Ushbu loyiha O‘zbekiston va afg‘onistonlik mutaxassislar tomonidan Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasini joyida o‘rganish asosida ishlab chiqilgan.
Shavkat Mirziyoyev ushbu loyiha bilan tanishib, mutasaddilarga ularni sifatli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Hirot shahridagi Alisher Navoiy maqbarasini obodonlashtirish ishlari - O‘zbekiston prezidentning 2020-yil 19-oktabrda imzolangan “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan edi.