Toshkentda “Lacetti” haydovchisi urib yuborgan piyoda vafot etdi

© CC0 / Unsplash / Egor MyznikPeshexodniy perexod
Peshexodniy perexod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2021
Obuna bo‘lish
YTH natijasida 55 yoshli piyoda tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Toshkentda mashina urib yuborgan erkak bir necha kun o‘tib kasalxonada vafot etdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi (IIBB) xabar qilmoqda.
Yo‘l-transport hodisasi 21-may kuni Yangihayot tumani Binokor ko‘chasida ro‘y bergan. 54 yoshli “Lacetti” avtomobili haydovchisi S.S. tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyodani urib yuborgan.
Spidometr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2021
Andijonda bir guruh 11-sinf bitiruvchilari mashinalarda xavfli harakatlandi
YTH natijasida 55 yoshli piyoda A.B. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. U 27-may kuni tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan vafot etgan.
Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0