Rossiya TIV: SWIFT Rossiyaga qarshi “sanksiyalar spiraliga” jalb qilinishi mumkin

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishMinisterstvo inostrannix del RF v Moskve
Ministerstvo inostrannix del RF v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori faqat BMT Xavfsizlik Kengashi Rossiyani SWIFT᾽dan uzib qo‘yish qarorini qabul qilishi mumkinligini eslatdi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. SWIFT xalqaro banklararo ma’lumot uzatish va to‘lovlarni amalga oshirish tizimi Rossiyaga qarshi “sanksiyalar spiraliga” jalb qilinishi mumkin. Bu haqda Rossiya TIV iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Dmitriy Birichevskiy RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Hech kimga sir emaski, Rossiyani SWIFT tizimidan uzib qo‘yish tahdidi yangramoqda, avvalo Qo‘shma Shtatlardan”, - dedi u. Birichevskiy tegishli sanksiyalarni faqat BMT Xavfsizlik Kengashi kiritishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Denejnie kupuri. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2021
Rossiyada SWIFT muqobili paydo bo‘lishi mumkin
“G‘arbdagi hamkorlarimiz qo‘llayotgan narsalar, bu, to‘g‘risi, dunyo maydonida o‘z ishlab chiqaruvchilari va o‘z manfaatlari himoya qilish maqsadidagi baryerlardir. SWIFT tizimi bu sanksiyalar spiraliga” jalb qilinishi mumkinligi haqida xavotirlar bor”, - dedi Rossiya TIV vakili.
Diplomat SWIFT᾽dan uzib qo‘yilgan taqdirda Rossiya bu tizimning muqobilini ishlab chiqayotganini eslatdi.
Yangiliklar lentasi
0