https://oz.sputniknews.uz/20210531/respublikaning-xalqaro-aeroportlari-uzbekistan-airports-boshqaruvi-ostiga-otadi-19001121.html
Respublikaning xalqaro aeroportlari “Uzbekistan Airports” boshqaruvi ostiga o‘tadi
Respublikaning xalqaro aeroportlari “Uzbekistan Airports” boshqaruvi ostiga o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
Qayd etilishicha, “Uzbekistan Airports” barcha aeroportlarning yagona ijro etuvchi organiga aylangan. 31.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-31T14:07+0500
2021-05-31T14:07+0500
2021-05-31T14:07+0500
jamiyat
aeroport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/843/73/8437337_0:0:1200:676_1920x0_80_0_0_a74944c91f4614a1349130b64e75dffc.jpg
TOShKENT, 31-may — Sputnik. “Uzbekistan Airports” kompaniyasi O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlar bilan boshqaruv bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Bu qaror prezidentning mamlakat fuqaro aviatsiyasi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash va transformatsiya qilishga oid qaroriga ko‘ra qabul qilingan. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Sputnik nashriga ma’lum qildi.Qayd etilishicha, shu tariqa “Uzbekistan Airports” barcha aeroportlarning yagona ijro etuvchi organiga aylangan. Yagona organ sifatida kompaniyaning asosiy vazifalari barcha aeroportlarni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, ularning faoliyatini uslubiy boshqarish va aeroport infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish uchun moliyaviy oqimlarni to‘plash va yangi texnologiyalarni joriy etishdan iborat bo‘ladi.Xabarda yozilishicha, har bir aeroport ustavi, ularning tashkiliy tuzilmalari va shtat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilgan. Qolaversa, xodimlar maoshini oshirishga qaratilgan KPI rag‘batlashtirish metodikasi joriy qilingan.Kompaniya rahbari Ra’no Jo‘rayevaning so‘zlariga ko‘ra, tez orada yo‘l xaritasini yaratish va mamlakatning barcha xalqaro aeroportlarida to‘laqonli ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210420/uzbekistan-airways-va-uzbekistan-airports-transformatsiya-qilinadi-18406343.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/843/73/8437337_133:0:1200:800_1920x0_80_0_0_77c9c2e65f65ca22285b99d09317e578.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, aeroport
Respublikaning xalqaro aeroportlari “Uzbekistan Airports” boshqaruvi ostiga o‘tadi
Qayd etilishicha, “Uzbekistan Airports” barcha aeroportlarning yagona ijro etuvchi organiga aylangan.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. “Uzbekistan Airports” kompaniyasi O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlar bilan boshqaruv bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Bu qaror prezidentning mamlakat fuqaro aviatsiyasi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash va transformatsiya qilishga oid qaroriga ko‘ra qabul qilingan. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Sputnik nashriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, shu tariqa “Uzbekistan Airports” barcha aeroportlarning yagona ijro etuvchi organiga aylangan. Yagona organ sifatida kompaniyaning asosiy vazifalari barcha aeroportlarni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, ularning faoliyatini uslubiy boshqarish va aeroport infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish uchun moliyaviy oqimlarni to‘plash va yangi texnologiyalarni joriy etishdan iborat bo‘ladi.
Xabarda yozilishicha, har bir aeroport ustavi, ularning tashkiliy tuzilmalari va shtat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritilgan. Qolaversa, xodimlar maoshini oshirishga qaratilgan KPI rag‘batlashtirish metodikasi joriy qilingan.
Kompaniya rahbari Ra’no Jo‘rayevaning so‘zlariga ko‘ra, tez orada yo‘l xaritasini yaratish va mamlakatning barcha xalqaro aeroportlarida to‘laqonli ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.