Andijonda ketmon bilan urib o‘ldirilgan ayol voqeasi tafsilotlariga oydinlik kiritildi

© GenprokuraturaZdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana
Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2021
Obuna bo‘lish
Aniqlanishicha, Andijonda ketmon bilan urib o‘ldirilgan ayolni sobiq kelini emas, balki u bilan turmush qurgan erkak o‘ldirgan. Erkak hozir hibsga olingan.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Bosh prokuratura Andijonda ketmon bilan urib o‘ldirilgan ayolni sobiq kelini emas, balki u bilan turmush qurgan erkak o‘ldirganini ma’lum qildi.
Avvalroq Andijonda kelin o‘z qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o‘ldirgani aytilayotganligi haqida xabar tarqalgan edi.
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2021
Andijonda kelin qaynonasini joynamoz ustida ketmon bilan chopib o‘ldirgani aytilmoqda
Aniqlanishicha, 44 yoshli erkak M.E. 14-aprel kuni soat 17:42 larda Oltinko‘l tumani "Markaz" MFYdagi uyda yashovchi M.Ergasheva (1942 y.t.) bilan xonadonni devor bilan bo‘lish masalasi yuzasidan o‘zaro tortishib qolgan. Keyin qo‘lidagi ketmon bilan jabrlanuvchining boshga urib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan.

Ish hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, qotillikda gumonlanuvchi erkak M.E. marhumaning sobiq kelini bilan turmush qurib, yashab kelgan.

Hodisa joyi ko‘zdan kechirilganda 2 dona xo‘jalik ketmoni, 1 dona temir ketmon va qonga o‘xshash dog‘lardan namunalar olingan.
Gumonlanuvchi M.E.dan 14-aprel kuni olingan qon namunasida 1,5 foiz etil spirti borligi aniqlangan.
M.E.ga nisbatan 15-aprel kuni JKning 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (Jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayb e’lon qilgan. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.
Yangiliklar lentasi
0