O‘zbekistonda yana bir bayram paydo bo‘ladi

Noti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2021
Obuna bo‘lish
15 aprel O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni sifatida belgilanmoqda.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Oliy Majlis Senati o‘n beshinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi. Bu haqda parlamentning yuqori palatasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qonun bilan 15-aprel O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni sifatida belgilanmoqda.
Xabarda ayni paytda dunyoning ko‘plab davlatlarida ushbu sana Xalqaro madaniyat kuni sifatida nishonlanishi qayd etilgan.
Vo Dvorse kulturi MVD proxodit nagrajdenie volonterov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2021
IIV madaniyat saroyida ko‘ngillilar taqdirlandi
Ta’kidlanishicha, mamlakatda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, o‘zbek milliy madaniyati va san’ati nufuzini jahon miqyosida oshirish, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida fidokorona mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgan fuqarolarni shu bayram kunida “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0