https://oz.sputniknews.uz/20210529/xorazmda-songgi-qongiroq-arafasida-6-nafar-11-sinf-oquvchisini-mashina-urib-yubordi-18978868.html
Xorazmda so‘nggi qo‘ng‘iroq arafasida 6 nafar 11-sinf o‘quvchisini mashina urib yubordi
Xorazmda so‘nggi qo‘ng‘iroq arafasida 6 nafar 11-sinf o‘quvchisini mashina urib yubordi
Sputnik O‘zbekiston
Jabrdiydalarning uch nafari hodisa sodir bo‘lgan joyning o‘zida, yana bir nafari shifoxonada vafot etgan 29.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-29T16:36+0500
2021-05-29T16:36+0500
2021-05-29T16:36+0500
hodisalar
avariya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/06/18187378_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_d60cb1cfa099256af930bfb8551b2582.jpg
TOShKENT, 29-may - Sputnik. Xorazmda "Neksiya" avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, to‘rt kishi YTH qurboniga aylandi. Bu haqda "Xorazm" telekanalining "Jinoyat va adolat" ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.Xabarda aytilishicha, Yangiariq tumani "Achchiquyi" mahallasida yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan shaxs 24-may kuni kechga tomon "Neksiya-2" avtomobilini boshqarib ketayotib Yangiariq—Xonqa yo‘lining 14-kilometrida yo‘l chetidagi tumandagi maktablarning birida tahsil oluvchi 6 nafar 11-sinf bitiruvchilarini urib yuborgan. Avtomobilning o‘zi esa yo‘l yoqasidagi ariqqa ag‘darilib tushgan.Avariya oqibatida jabrlanuvchilarning 3 nafari voqea joyida, yana bir nafari esa shifoxonada olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Shuningdek, ikki nafar o‘quvchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga joylashtirilgan.Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210524/angrendagi-ayanchli-yth-tafsilotlari-ochiqlandi-18883205.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/06/18187378_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_cbe811c29efcf797ceac437ce6b1968b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , avariya
Xorazmda so‘nggi qo‘ng‘iroq arafasida 6 nafar 11-sinf o‘quvchisini mashina urib yubordi
Jabrdiydalarning uch nafari hodisa sodir bo‘lgan joyning o‘zida, yana bir nafari shifoxonada vafot etgan
TOShKENT, 29-may - Sputnik. Xorazmda "Neksiya" avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, to‘rt kishi YTH qurboniga aylandi. Bu haqda "Xorazm" telekanalining "Jinoyat va adolat" ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.
Xabarda aytilishicha, Yangiariq tumani "Achchiquyi" mahallasida yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan shaxs 24-may kuni kechga tomon "Neksiya-2" avtomobilini boshqarib ketayotib Yangiariq—Xonqa yo‘lining 14-kilometrida yo‘l chetidagi tumandagi maktablarning birida tahsil oluvchi 6 nafar 11-sinf bitiruvchilarini urib yuborgan.
Avtomobilning o‘zi esa yo‘l yoqasidagi ariqqa ag‘darilib tushgan.
Avariya oqibatida jabrlanuvchilarning 3 nafari voqea joyida, yana bir nafari esa shifoxonada olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Shuningdek, ikki nafar o‘quvchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga joylashtirilgan.
Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.