2025 yilgacha O‘zbekistondagi davlat korxonalari soni 75 foizga qisqartiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil sovremennoe pradilnoe predpriyatie v Shaxrisabze
Shavkat Mirziyoyev posetil sovremennoe pradilnoe predpriyatie v Shaxrisabze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2021
Obuna bo‘lish
Faqat shu yilning birinchi yarmi oxiriga qadar 550 dan ortiq davlat aktivlari: jumladan, Toshkent markazidagi “Poytaxt” biznes markazi, “Malika” savdo markazi, “Ichan qala” mehmonxonasi va ma’muriy majmualar kabi yirik mulk komplekslari sotilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 29-may - Sputnik. 4 yil ichida, ya’ni 2025-yilgacha O‘zbekistondagi davlat korxonalari sonini 75 foizga qisqartirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda ularning soni ikki yarim mingdan oshgan, deb xabar bermoqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining matbuot xizmati.
Dacha Gulnari Karimovoy v Tashkentskoy oblasti, vistavlennaya na torgi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2021
Gulnora Karimovaga tegishli deyilgan hashamatli dachaning ko‘rinishi – eksklyuziv
Bu ma’lumotlar 2021-yil 27-may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan "O‘zbekiston Respublikasida davlat korxonalarini transformatsiyalash va xususiylashtirish: iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi" nomli yuqori darajadagi xalqaro forum davomida e’lon qilindi.
Uni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Davaktiv) Jahon banki bilan birgalikda tashkil etdi.
Forumni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov va Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Jahon banki vitse-prezidenti Anna Byerde ochishdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Timur Ishmetov, Respublika Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov va boshqa mas’ul shaxslar ishtirok etishdi. Shuningdek, xalqaro forumda dunyoning turli mamlakatlaridan 400 dan ortiq onlayn va oflayn ishtirokchilar, shu jumladan xalqaro moliya institutlari vakillari, investitsiya va konsalting kompaniyalari, tijorat banklari, mahalliy va xalqaro ishbilarmon doira vakillari ishtirok etishdi.

"Hozirda O‘zbekistonda deyarli har bir davlat idorasi va mahalliy hokimiyat idoralari korxonalar ta’sischilaridir. Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan 2 ming 541 ta davlat korxonalarining yarmi (1 ming 210 dona) unitar korxona shaklida yaratilgan. Davlatning iqtisodiyotidagi ishtirokining tasdiqlangan yuqori darajasi sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda. Shaffof xususiylashtirish jarayoni bo‘lmasa, biz mahalliy va xorijiy investorlarning ishonchini qozonolmaymiz", deya ta’kidladi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi parlamentga Murojaatnomasida O‘zbekistonga qarashli kompaniyalarni transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, xususiylashtirish va davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish masalasi mamlakatdagi tarkibiy o‘zgarishlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi.
Auksion  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2021
Yirik davlat aktivlari savdoga chiqarildi
Mahalliy va xalqaro amaliyotda isbotlanganidek, davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki yuqori darajada sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirishga xalaqit beradi. Mahalliy va xorijiy investorlarning ishonch darajasi ko‘p jihatdan xususiylashtirish jarayonining shaffofligiga bog‘liq. Shu bilan birga, ularning jozibadorligini oshirish uchun davlat korxonalarini o‘zgartirish bo‘yicha choralar ko‘rish zarur.
“Bugungi kunda O‘zbekistonda davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki yuqori bo‘lib qolmoqda va taxminan 55 foizni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich Janubiy Koreyada 22%, Germaniyada - 18%, AQSh da - 11%, Yaponiyada - 5% ni tashkil etadi”, - dedi A.Ortiqov.
Shu munosabat bilan “2021 – 2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi” ishlab chiqilib, hukumat tomonidan shu yil 29-martda tasdiqlangan. Hujjatga ko‘ra, faqat shu yilning birinchi yarmi oxiriga qadar 550 dan ortiq davlat aktivlari, shu jumladan, Toshkent markazidagi "Poytaxt" biznes markazi, "Malika" savdo markazi, "Ichan qala" mehmonxonasi va ma’muriy majmualar kabi yirik mulk komplekslari sotilishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0