https://oz.sputniknews.uz/20210528/sirdaryoda-elektropoezd-22-yoshli-ayolni-urib-yubordi-18964910.html
Sirdaryoda elektropoyezd 22 yoshli ayolni urib yubordi
Sirdaryoda elektropoyezd 22 yoshli ayolni urib yubordi
Sputnik O‘zbekiston
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida poyezd ayolni ikkiga bo‘lib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. 28.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-28T16:13+0500
2021-05-28T16:13+0500
2021-05-28T16:16+0500
hodisalar
o‘zbekiston
poyezd qatnovi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/104/51/1045173_0:157:3083:1891_1920x0_80_0_0_ed48f8e95155e5308e4bb3932d27df43.jpg
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Sirdaryoda elektropoyezd 22 yoshli ayolni urib yubordi.Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida poyezd ayolni ikkiga bo‘lib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi holat yuzasidan bergan ma’lumotga ko‘ra, 24-may kuni soat 13:30 larda Sirdaryo viloyati IIB navbatchilik qismiga "Xovos—Toshkent" yo‘nalishidagi yo‘lovchi elektropoyezdi Xovos aylanma yo‘lining 2-kilometri 6-piketida 25-30 yoshlar atrofidagi shaxsi noma’lum ayol kishini urib yuborgani haqida xabar kelib tushdi.Tezkor surishtiruv ishlari natijasida ayol 1999-yilda tug‘ilgan, Xovos tumani “Gulbahor” MFYda yashagan T.Sh. ekanligi va o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida elektropoyezd urib yuborganligi aniqlandi.Ayol olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etdi.Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Xovos transport prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210524/ojiza-ayolning-nomusiga-tegdi-surxondaryo-viloyati-iib-video-boyicha-malumot-berdi-18877874.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/104/51/1045173_176:0:2907:2048_1920x0_80_0_0_ba0960aeb09c338e37587e809a5d472d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , o‘zbekiston, poyezd qatnovi
hodisalar , o‘zbekiston, poyezd qatnovi
Sirdaryoda elektropoyezd 22 yoshli ayolni urib yubordi
16:13 28.05.2021 (yangilandi: 16:16 28.05.2021) Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida poyezd ayolni ikkiga bo‘lib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Sirdaryoda elektropoyezd 22 yoshli ayolni urib yubordi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida poyezd ayolni ikkiga bo‘lib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi.
IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi holat yuzasidan bergan ma’lumotga ko‘ra, 24-may kuni soat 13:30 larda Sirdaryo viloyati IIB navbatchilik qismiga "Xovos—Toshkent" yo‘nalishidagi yo‘lovchi elektropoyezdi Xovos aylanma yo‘lining 2-kilometri 6-piketida 25-30 yoshlar atrofidagi shaxsi noma’lum ayol kishini urib yuborgani haqida xabar kelib tushdi.
Tezkor surishtiruv ishlari natijasida ayol 1999-yilda tug‘ilgan, Xovos tumani “Gulbahor” MFYda yashagan T.Sh. ekanligi va o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida elektropoyezd urib yuborganligi aniqlandi.
Ayol olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etdi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Xovos transport prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.