O‘zbekistonda Rossiya tibbiy oliygohining filiali ochilishi mumkin

© MinZdrav UzbekistanaDelegatsiya Rossiyskogo Minzdrava priyexala v Uzbekistan
Delegatsiya Rossiyskogo Minzdrava priyexala v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasining tashrifi yakunida O‘zbekiston Rossiya tibbiy oliygohi filialini ochish bo‘yicha shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
TOShKENT, 28-may – Sputnik. Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko boshchiligidagi tibbiyot delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda SSV.
Tashrif doirasida qator yuqori darajali uchrashuvlar, yetakchi tibbiy muassalarga tashriflar hamda Toshkentda N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universiteti filialining ochilishiga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini ko‘zdan kechirish maqsadida Chilonzor tibbiyot kollejiga ham tashrif buyurish rejalashtirilgan.
Tashrif yakunlari bo‘yicha N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universiteti bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida shartnoma imzolanishi ko‘zda tutilmoqda.
Delegatsiya tarkibiga Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari, shuningdek, akademik V.I. Shumakov nomidagi transplantologiya va sun’iy organlar milliy tibbiyot ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sergey Gotye va N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universiteti rektori Sergey Lukyanov kabi yuqori darajadagi mutaxassislar kiradi.
O‘zbekiston va Rossiyaning tibbiyot sohasidagi hamkorligi ko‘plab hukumatlararo, idoralararo va korporativ hujjatlar to‘plami, minglab aloqa rishtalari bilan belgilanadi. Ana shunday kelishuvlardan eng so‘nggisi – 2021-yilning mart oyida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayevning Rossiyaga tashrifi vaqtida imzolangan Transplantatsiya sohasidagi kelishuvdir.
Yangiliklar lentasi
0