https://oz.sputniknews.uz/20210528/rossiya-belarusni-aylanib-uchayotgan-samolyotlarni-nega-qabul-qilmayotganini-tushuntirib-berdi-18964022.html
Rossiya Belarusni aylanib uchayotgan samolyotlarni nega qabul qilmayotganini tushuntirib berdi
Rossiya Belarusni aylanib uchayotgan samolyotlarni nega qabul qilmayotganini tushuntirib berdi
Sputnik O‘zbekiston
Belarusni aylanib uchayotgan samolyotlar Rossiyaga turli nuqtalardan kirishni so‘ramoqda. Shu sababli ham texnik muammolar sodir bo‘lmoqda. 28.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-28T15:37+0500
2021-05-28T15:37+0500
2023-04-05T18:33+0500
dunyoda
belarus
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/16/18446641_0:0:3077:1731_1920x0_80_0_0_76a3bcce1333ca14be1a493a82ad7706.jpg
TOShKENT, 28-may – Sputnik. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya nima sababdan Belarus havo hududini aylanib o‘tayotgan samolyotlarni qabul qilmayotganini tushuntirib berdi. Prezident matbuot kotibi so‘zlariga ko‘ra ushbu holat faqat texnik sabablar tufayli sodir bo‘lmoqda va aviatsiya sohasi vakillari bunga tegishli izoh berishadi. Hozir bo‘lsa Belarusni aylanib uchayotgan samolyotlar mutlar turlicha nuqtalardan kirishni so‘ramoqda. Ular esa kelishilmagan, shu sababli ham texnik muammolar sodir bo‘lmoqda. “Ayni damda Rossiya aviatsiya organlari ushbu yo‘nalishda faol ishlamoqda. Vaziyat o‘ta noodatiy. Albatta biz bunday bo‘lishini xoxlamagan edik”, - dedi Rossiya prezidenti kotibi. Eslatib o‘tamiz, Belarusda RYANAIR yo‘lovchi samolyoti bilan bo‘lgan voqeadan so‘ng, YeI rahbariyati aviakompaniyalarga Belarus osmonidan parvoz qilishni ta’qiqlab qo‘ygan edi. O‘z navbatida Polsha ham Belarus samolyotlarini o‘z osmonodan o‘tkazib yuborishdan bosh tortdi. Shundan so‘ng YeI samolyotlari Belarusni aylanib uchishga majbur bo‘lgan edi.
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/16/18446641_145:0:2874:2047_1920x0_80_0_0_2b7b741b5c3fc89bad8d361c76e772f8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, belarus, rossiya
dunyoda, belarus, rossiya
Rossiya Belarusni aylanib uchayotgan samolyotlarni nega qabul qilmayotganini tushuntirib berdi
15:37 28.05.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) Belarusni aylanib uchayotgan samolyotlar Rossiyaga turli nuqtalardan kirishni so‘ramoqda. Shu sababli ham texnik muammolar sodir bo‘lmoqda.
TOShKENT, 28-may – Sputnik. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya nima sababdan Belarus havo hududini aylanib o‘tayotgan samolyotlarni qabul qilmayotganini tushuntirib berdi.
Prezident matbuot kotibi so‘zlariga ko‘ra ushbu holat faqat texnik sabablar tufayli sodir bo‘lmoqda va aviatsiya sohasi vakillari bunga tegishli izoh berishadi.
“Samolyot mamlakat hududiga istalgan joydan kirib istalgan joyidan chiqib ketishi mumkin emas. Belgilangan kirish va chiqish nuqtalari, harakatlanish eshelonlari bor. Ushbu yo‘nalishda ko‘p soni samolyotlar harakatlangani tufayli bu yerda gap birinchi navbatda aviatsion xavfisizlik haqida ketmoqda”, - dedi Peskov.
Hozir bo‘lsa Belarusni aylanib uchayotgan samolyotlar mutlar turlicha nuqtalardan kirishni so‘ramoqda. Ular esa kelishilmagan, shu sababli ham texnik muammolar sodir bo‘lmoqda.
“Ayni damda Rossiya aviatsiya organlari ushbu yo‘nalishda faol ishlamoqda. Vaziyat o‘ta noodatiy. Albatta biz bunday bo‘lishini xoxlamagan edik”, - dedi Rossiya prezidenti kotibi.
Eslatib o‘tamiz, Belarusda RYANAIR yo‘lovchi samolyoti bilan bo‘lgan voqeadan so‘ng, YeI rahbariyati aviakompaniyalarga Belarus osmonidan parvoz qilishni ta’qiqlab qo‘ygan edi. O‘z navbatida Polsha ham Belarus samolyotlarini o‘z osmonodan o‘tkazib yuborishdan bosh tortdi. Shundan so‘ng YeI samolyotlari Belarusni aylanib uchishga majbur bo‘lgan edi.