“Ochiq osmon shartnomasiga qaytmaslik”: Rossiya TIV AQSh qarori bo‘yicha izoh berdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishDemonstratsiya raketi 9M729 dlya voyennix attashe
Demonstratsiya raketi 9M729 dlya voyennix attashe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2021
Obuna bo‘lish
Jenevada 16-iyun kuni Putin va Bayden o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. AQShning Ochiq osmon shartnomasiga qaytmaslik to‘g‘risidagi qarori, Vladimir Putin va Jo Baydenning yaqinlashib kelayotgan sammiti fonini yomonlashtirmoqda, deb hisoblashmoqda TIVda.
"Albatta, bu qadam yetakchilar uchrashuvi davomida qurollar ustidan nazorati masalalarini muhokama qilish uchun qulay muhit yaratishga hissa qo‘shmaydi, ammo bu uchrashuv ancha katta kun tartibi asosida o‘tishini ta’kidlamoqchiman"- dedi vazir o‘rinbosari Sergey Rabkov.
 Sentralniy muzey VVS RF v Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2020
AQSh ishtirok etmasa Ochiq osmon shartnomasining ahamiyati qolmaydi - Pushkov
Oldinroq AQSh albatta shartnomani tark etishi va "Rossiya qonunbuzarliklari"dan afsusda ekanligini ma’lum qildi. Tashqi ishlar vazirligi bu ayblovlarni asossiz, kelishuvning yo‘qolishi esa yomon belgi deb aytdi.
"Sodir bo‘layotgan voqealar uchun ayb Vashingtonda va AQSh ittifoqchilarida, ularga bu sohada nima bo‘layotgani ahamiyati yo‘q", - ta’kidladi Rabkov. Shu bilan birga, u Rossiya o‘z xavfsizligini bu shartnomasiz ham ta’minlaydi, deb ta’kidladi.
Putin va Bayden 16-iyun kuni Jenevada uchrashishi kerak.

Ochiq osmon bo‘yicha shartnoma

Ochiq osmon bo‘yicha shartnoma (DON) 2002-yil 1-yanvarda kuchga kirdi va sovuq urushdan keyin Yevropada ishonchni mustahkamlash choralaridan biriga aylandi: 34ta davlatga bir-birlarining harbiy kuchlari va faoliyati to‘g‘risida ochiqcha ma’lumot to‘plash imkonini berdi.
O‘tgan yilning may oyida Qo‘shma Shtatlar shartnomadan chiqish tartibini boshladi va u 22-noyabrda yakunlandi.
Rossiya va AQSh SNV 3ni uzaytirishga kelishib oldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2021
"Yaxshi muhim qadam": Rossiya va AQSh SNV-3'ni uzaytirishga kelishib oldi - video
2021 yil yanvarda Moskva Dondan chiqib ketish bo‘yicha idoralararo jarayonni boshlanganligini e’lon qildi. Vashingtonning xatti-harakatlari boshqa davlatlar manfaatlari muvozanatini sezilarli darajada buzgani qayd etildi.
19 may kuni Davlat Dumasi hujjatni denonsatsiya qilish loyihasini qo‘llab-quvvatladi. 2-iyun kuni u parlamentning yuqori palatasida ko‘rib chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0