https://oz.sputniknews.uz/20210528/aslida-andijon-muzqaymogi-brendi-kimga-tegishli-18955448.html
Aslida “Andijon muzqaymog‘i” brendi kimga tegishli?
Aslida “Andijon muzqaymog‘i” brendi kimga tegishli?
Sputnik O‘zbekiston
“Andijon muzqaymog‘i” brend sifatida ro‘yxatga olinadi. 28.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-28T11:42+0500
2021-05-28T11:42+0500
2021-05-28T12:17+0500
jamiyat
o‘zbekiston
andijon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1b/18950259_0:125:3199:1924_1920x0_80_0_0_028bc39cf66c94501748e8b348aa79b0.jpg
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Tez suratlarda halq orasida mashhur bo‘lgan “Andijon muzqaymog‘i” Andijon viloyati, Andijon shahar, Industrial ko‘chasi, 12 uyda istiqomat qiluvchi Madraximov Hikmatulloh Ne’matullo o‘g‘liga tegishli. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar qildi. 24-may kuni agentlikning Andijon viloyat Intellektual mulk himoyasi markazi xodimlari tomonidan “Andijon muzqaymog‘i”ni ishlab chiqaruvchi egasi H.Madraximovning uyiga borilgan holda unga ishlab chiqarayotgan mahsulotiga tovar belgisini olishi lozimligi, o‘z brendini rasmiylashtirishi “Andijon muzqaymog‘i”ning umrini uzaytirishi, kontrafakt nusxalari ta’sirida asl mahsulotga ham ishonch yo‘qolishi, bozorining kasodga uchrashi ehtimolligi haqida batafsil tushuntirish berildi.Natijada H.Madraximov tomonidan “Andijon muzqaymog‘i” tovar belgisini brend sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun agentlikka talabnoma topshirildi. Ta’kidlanishicha, endilikda “Andijon muzqaymog‘i” ham Davlat muhofazasiga olinadi hamda agentlik va uning hududiy markazlari “Andijon muzqaymog‘i” brendining muhofaza qilinishini ta’minlaydi.Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>
https://oz.sputniknews.uz/20200610/Shifokor-muzaymoning-zarari-aida-gapirdi-14323960.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1b/18950259_233:0:2964:2048_1920x0_80_0_0_d4a10d2749170434d389092c8b0cac59.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, andijon
jamiyat, o‘zbekiston, andijon
Aslida “Andijon muzqaymog‘i” brendi kimga tegishli?
11:42 28.05.2021 (yangilandi: 12:17 28.05.2021) “Andijon muzqaymog‘i” brend sifatida ro‘yxatga olinadi.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Tez suratlarda halq orasida mashhur bo‘lgan “Andijon muzqaymog‘i” Andijon viloyati, Andijon shahar, Industrial ko‘chasi, 12 uyda istiqomat qiluvchi Madraximov Hikmatulloh Ne’matullo o‘g‘liga tegishli. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar qildi.
“Afsuski, so‘nggi paytlarda ushbu xalq ishonchiga kirgan, sevib iste’mol qilinadigan mahsulotning ham kontrafakt nusxalari ko‘payib ketdi. Qayerga qaramang “uddaburon tadbirkorlar” tomonidan guyoki samolyot orqali Andijondan olib kelingan degan yolg‘on ma’lumot bilan “Andijon muzqaymog‘i” nomi ostida sifatsiz mahsulot sotilmoqda”, - deyilgan xabarda.
24 may kuni agentlikning Andijon viloyat Intellektual mulk himoyasi markazi xodimlari tomonidan “Andijon muzqaymog‘i”ni ishlab chiqaruvchi egasi H.Madraximovning uyiga borilgan holda unga ishlab chiqarayotgan mahsulotiga tovar belgisini olishi lozimligi, o‘z brendini rasmiylashtirishi “Andijon muzqaymog‘i”ning umrini uzaytirishi, kontrafakt nusxalari ta’sirida asl mahsulotga ham ishonch yo‘qolishi, bozorining kasodga uchrashi ehtimolligi haqida batafsil tushuntirish berildi.
Natijada H.Madraximov tomonidan “Andijon muzqaymog‘i” tovar belgisini brend sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun agentlikka talabnoma topshirildi. Ta’kidlanishicha, endilikda “Andijon muzqaymog‘i” ham Davlat muhofazasiga olinadi hamda agentlik va uning hududiy markazlari “Andijon muzqaymog‘i” brendining muhofaza qilinishini ta’minlaydi.