https://oz.sputniknews.uz/20210526/uzaytiring-yoki-tark-eting-qozogistonda-chet-elliklarning-bolish-muddati-5-iyunda-tugaydi-18917643.html
“Uzaytiring yoki tark eting”: Qozog‘istonda chet elliklarning bo‘lish muddati 5-iyunda tugaydi
“Uzaytiring yoki tark eting”: Qozog‘istonda chet elliklarning bo‘lish muddati 5-iyunda tugaydi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarolaridan Qozog‘istonda vaqtincha bo‘lib turish muddatini qonuniylashtirish yoki 2021-yil 5-iyundan oldin mamlakat hududini tark etishini tavsiya... 26.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-26T13:26+0500
2021-05-26T13:26+0500
2021-05-26T13:45+0500
migratsiya
qozog‘iston
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1a/18917437_0:151:2919:1793_1920x0_80_0_0_95ee6a1182612ad9e363d471e3ea2e2a.jpg
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekistonning Olmatadagi Bosh konsulxonasi mamlakat fuqarolariga joriy yil 5-iyun kuni Qozog‘iston hududida chet elliklarning vaqtinchalik bo‘lish muddati tugashini eslatdi.Qayd etilishicha, Qozog‘istonda COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan xorijliklarni mamlakatdan chiqib ketishiga imkoniyat bo‘lmagani bois vaqtincha bo‘lib turish muddatlari bir necha marta uzaytirilgan va bu muddat 5-iyun kuni tugaydi.Qozog‘iston hukumati chet elliklarni ma’muriy javobgarlikka tortilishining oldini olish maqsadida belgilangan muddatgacha mamlakat hududida qolishni qonuniylashtirishni so‘ramoqda.Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston chegara xizmati chet ellik fuqarolarning mamlakatdan to‘siqsiz qaytishi uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Maqomlarini qonuniylashtirmagan chet elliklar jarimaga tortilib, mamlakat hududidan chiqarib yuboriladi.Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi muntazam parvozlar o‘tgan yili sentabr oyida rasman tiklangan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210525/rossiyadagi-noqonuniy-migrantlarga-qachongacha-vaqt-berilgan-18902793.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1a/18917437_165:0:2754:1942_1920x0_80_0_0_352952923aecee8863c447cfd27ae159.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, qozog‘iston, migrantlar
migratsiya, qozog‘iston, migrantlar
“Uzaytiring yoki tark eting”: Qozog‘istonda chet elliklarning bo‘lish muddati 5-iyunda tugaydi
13:26 26.05.2021 (yangilandi: 13:45 26.05.2021) O‘zbekiston fuqarolaridan Qozog‘istonda vaqtincha bo‘lib turish muddatini qonuniylashtirish yoki 2021-yil 5-iyundan oldin mamlakat hududini tark etishini tavsiya qilinmoqda.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekistonning Olmatadagi Bosh konsulxonasi mamlakat fuqarolariga joriy yil 5-iyun kuni Qozog‘iston hududida chet elliklarning vaqtinchalik bo‘lish muddati tugashini
eslatdi. Qayd etilishicha, Qozog‘istonda COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan xorijliklarni mamlakatdan chiqib ketishiga imkoniyat bo‘lmagani bois vaqtincha bo‘lib turish muddatlari bir necha marta uzaytirilgan va bu muddat 5-iyun kuni tugaydi.
Qozog‘iston hukumati chet elliklarni ma’muriy javobgarlikka tortilishining oldini olish maqsadida belgilangan muddatgacha mamlakat hududida qolishni qonuniylashtirishni so‘ramoqda.
Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston chegara xizmati chet ellik fuqarolarning mamlakatdan to‘siqsiz qaytishi uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Maqomlarini qonuniylashtirmagan chet elliklar jarimaga tortilib, mamlakat hududidan chiqarib yuboriladi.
“Bosh konsulxona O‘zbekiston fuqarolariga Qozog‘iston hududida vaqtincha bo‘lib turish muddati tugagan bo‘lsa, maqomlarini qonuniylashtirish yoki 2021-yil 5-iyundan oldin mamlakat hududini tark etishni tavsiya qiladi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi muntazam parvozlar o‘tgan yili sentabr oyida
rasman tiklangan edi.