https://oz.sputniknews.uz/20210526/sardoba-toshqinidan-jabr-korgan-korxonalarga-126-mlrd-som-tolab-beriladi-18922147.html
Sardoba toshqinidan jabr ko‘rgan korxonalarga 126 mlrd so‘m to‘lab beriladi
Sardoba toshqinidan jabr ko‘rgan korxonalarga 126 mlrd so‘m to‘lab beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Avvalroq Hukumat komissiyasi baliqchilik, chorvachilik va parrandachilikka ixtisoslashgan korxonalarga yetkazilgan zararni qoplash bo‘lgan mablag‘ni hisoblab chiqqan edi. 26.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-26T15:43+0500
2021-05-26T15:43+0500
2021-05-26T15:50+0500
iqtisod
“sardoba” to‘g‘oni yorilishi
sardoba
o‘zbekiston oliy majlisi senati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1407/99/14079952_0:0:3639:2046_1920x0_80_0_0_a19fff3afe45cabb91e90fa6b7ad9d77.jpg
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Oliy Majlis Senati Kengashi 25-may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi oqibatida Sirdaryo viloyatidagi tadbirkorlarga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiyani respublika budjetidan bosqichma-bosqich ajratish taklifini ma’qulladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar bermoqda.Joriy yil aprelida Hukumat komissiyasi baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik yo‘nalishlariga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zarar miqdorini qoplash hamda irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini qurish-ta’mirlash ishlari uchun zarur bo‘ladigan mablag‘ miqdorini hisoblab chiqqan. U 126 mlrd so‘mni tashkil etgan.“Shuningdek, Senat a’zolari joylarga chiqib tadbirkorlik subyektlari, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida mavjud holatni o‘rganib chiqqan edi. Bu masala Oliy Majlis Senati tomonidan doimiy nazoratga olingan”, - deyilgan xabarda.Senat Kengashi talab etiladigan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan bosqichma-bosqich ajratish taklifini ma’qulladi.Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 1-may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilib, suv toshqini yuz bergan edi. Texnogen falokatning asosiy sabablari qilib loyihalashtirish, qurish va to‘g‘onning ekspluatatsiya jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ma’lum qilingan edi. Oradan bir yil o‘tib 17 nafar “Sardoba ishi” aybdorlariga sud hukmi o‘qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210301/Rossiyalik-mutakhassislar-Sardoba-suv-omborini-tiklashda-rdam-beradi-16099711.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1407/99/14079952_447:0:3178:2048_1920x0_80_0_0_1ea08720f451ff8b319932a12a9c61df.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, “sardoba” to‘g‘oni yorilishi, sardoba, o‘zbekiston oliy majlisi senati
iqtisod, “sardoba” to‘g‘oni yorilishi, sardoba, o‘zbekiston oliy majlisi senati
Sardoba toshqinidan jabr ko‘rgan korxonalarga 126 mlrd so‘m to‘lab beriladi
15:43 26.05.2021 (yangilandi: 15:50 26.05.2021) Avvalroq Hukumat komissiyasi baliqchilik, chorvachilik va parrandachilikka ixtisoslashgan korxonalarga yetkazilgan zararni qoplash bo‘lgan mablag‘ni hisoblab chiqqan edi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Oliy Majlis Senati Kengashi 25-may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi oqibatida Sirdaryo viloyatidagi tadbirkorlarga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiyani respublika budjetidan bosqichma-bosqich ajratish taklifini ma’qulladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati
xabar bermoqda.
Joriy yil aprelida Hukumat komissiyasi baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik yo‘nalishlariga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zarar miqdorini qoplash hamda irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini qurish-ta’mirlash ishlari uchun zarur bo‘ladigan mablag‘ miqdorini hisoblab chiqqan. U 126 mlrd so‘mni tashkil etgan.
“Shuningdek, Senat a’zolari joylarga chiqib tadbirkorlik subyektlari, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida mavjud holatni o‘rganib chiqqan edi. Bu masala Oliy Majlis Senati tomonidan doimiy nazoratga olingan”, - deyilgan xabarda.
Senat Kengashi talab etiladigan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan bosqichma-bosqich ajratish taklifini ma’qulladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 1-may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilib, suv toshqini
yuz bergan edi. Texnogen falokatning asosiy sabablari qilib loyihalashtirish, qurish va to‘g‘onning ekspluatatsiya jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar
ma’lum qilingan edi. Oradan bir yil o‘tib 17 nafar “Sardoba ishi” aybdorlariga sud
hukmi o‘qildi.