https://oz.sputniknews.uz/20210526/putin-va-bayden-uchrashuvida-syurpriz-bolishi-mumkin-18926879.html
Putin va Bayden uchrashuvida “surpriz” bo‘lishi mumkin
Putin va Bayden uchrashuvida “surpriz” bo‘lishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Rossiya va AQSh prezidentlari uchrashuvidan so‘ng ushbu ikki davlat munosabatlarining yangi bosqichi boshlanishi mumkin. 26.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-26T18:28+0500
2021-05-26T18:28+0500
2021-05-26T18:28+0500
rossiya
vladimir putin
jo bayden
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/12/17836248_0:22:2378:1360_1920x0_80_0_0_8871a8f4deda939383a1db29a6587795.jpg
Kreml va Oq uy Rossiya va AQSh rahbarlari Vladimir Putin hamda Jo Bayden 16-iyun kuni Jenevada uchrashishini tasdiqlashdi. Siyosatchi Aleksey Muxin ikki davlat rahbarlari nimalar haqida gaplashishi haqida fikr bildirdi. Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar kelajagi, xalqaro kun tartibi va strategik barqarorlik hamda COVID-19 bilan kurash masalalari muhokama qilinadidegan edi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Siyosatchi Aleksey Muxin xulosasiga ko‘ra ushbu uchrashuv o‘ziga xos surpriz ham bo‘lishi - Rossiya va AQSh munosabatlarining yangi bosqichi boshlanishi mumkin. “Biz hozir o‘tkir qarama-qarshilik bosqichida turibmiz va biz raqiblarmiz. Bu aniq va buni biz emas ular e’lon qilishdi. Shu sababdan ham hozir AQSh va Rossiya prezidentlari global xavfsizlik masalalarini muhokama qilishlari mumkin, chunki bu barchaga taaluqli. Undan tashqari global o‘zgarishlar ham muhokama qilinishi mumkin, nafaqat iqlim o‘zgarishi balkim xalqaro munosabatlar ham”, - deydi Muxin. Aprel oyning 13 kunida Bayden Putin bilan bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti chog‘ida Vashington Moskva bilan munosabatlarni barqarorlashtirish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi. O‘shanda Oq Uy rahbari uchrashuv iyun oyida bo‘lib o‘tishiga umid bildirgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/12/17836248_0:0:2378:1784_1920x0_80_0_0_170388bd3ea82e5dbd3aa75785f7cd58.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, vladimir putin, jo bayden
rossiya, vladimir putin, jo bayden
Putin va Bayden uchrashuvida “surpriz” bo‘lishi mumkin
Iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Rossiya va AQSh prezidentlari uchrashuvidan so‘ng ushbu ikki davlat munosabatlarining yangi bosqichi boshlanishi mumkin.
Kreml va Oq uy Rossiya va AQSh rahbarlari Vladimir Putin hamda Jo Bayden 16-iyun kuni Jenevada uchrashishini tasdiqlashdi. Siyosatchi Aleksey Muxin ikki davlat rahbarlari nimalar haqida gaplashishi haqida fikr bildirdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar kelajagi, xalqaro kun tartibi va strategik barqarorlik hamda COVID-19 bilan kurash masalalari muhokama qilinadidegan edi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Siyosatchi Aleksey Muxin xulosasiga ko‘ra ushbu uchrashuv o‘ziga xos surpriz ham bo‘lishi - Rossiya va AQSh munosabatlarining yangi bosqichi boshlanishi mumkin.
“Biz hozir o‘tkir qarama-qarshilik bosqichida turibmiz va biz raqiblarmiz. Bu aniq va buni biz emas ular e’lon qilishdi. Shu sababdan ham hozir AQSh va Rossiya prezidentlari global xavfsizlik masalalarini muhokama qilishlari mumkin, chunki bu barchaga taaluqli. Undan tashqari global o‘zgarishlar ham muhokama qilinishi mumkin, nafaqat iqlim o‘zgarishi balkim xalqaro munosabatlar ham”, - deydi Muxin.
“Aslida gap yangi “Yalta anjumani” haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. Ushbu muzokaralar juda uzoq davom etishi mumkin. Lekin surpriz sodir bo‘lishi va hammasi juda tez tugashi ham mumkin. Lekin bir narsa aniq-ki, oldin xalqaro munosabatlarda Rossiyani yuqori maqomga ega davlat sifatida tan olishdan bosh tortgan AQSh, endi buning aksini tan olishga majbur bo‘lmoqda. Ushbu uchrashuvning amalga oshishi shuni tasdiqlaydi”, - deydi siyosatchi.
Aprel oyning 13 kunida Bayden Putin bilan bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti chog‘ida Vashington Moskva bilan munosabatlarni barqarorlashtirish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi. O‘shanda Oq Uy rahbari uchrashuv iyun oyida bo‘lib o‘tishiga umid bildirgan edi.