https://oz.sputniknews.uz/20210526/kiev-aqshdan-shimoliy-oqim-2-boyicha-sanktsiyalarni-qaytarishni-talab-qilmoqda-18927055.html
Kiyev AQShdan “Shimoliy oqim-2” bo‘yicha sanksiyalarni qaytarishni talab qilmoqda
Kiyev AQShdan “Shimoliy oqim-2” bo‘yicha sanksiyalarni qaytarishni talab qilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 26-may — Sputnik. AQSh “Shimoliy oqim-2” ga qarshi sanksiyalardan voz kechdi. Kiyev darrov milliardlab zararni hisoblab chiqib, Vashingtondan tushuntirish talab... 26.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-26T18:29+0500
2021-05-26T18:29+0500
2021-05-26T18:29+0500
kolumnistlar
aqsh
ukraina
shimoliy oqim-2
kiyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1a/18926851_0:27:3313:1891_1920x0_80_0_0_95bb5f3accfd5ffe434b61b010e09fa3.jpg
TOShKENT, 26-may — Sputnik. AQSh “Shimoliy oqim-2” ga qarshi sanksiyalardan voz kechdi. Kiyev darrov milliardlab zararni hisoblab chiqib, Vashingtondan tushuntirish talab qildi. Xavotirga o‘rin bor: Rossiya yoqilg‘isi sobiq qardosh mamlakatidan aylanib o‘tib sotilmoqda, Ukraina orqali tranzit minimumgacha quladi. 2024-yilga kelib esa “Gazprom” – “Naftogaz” shartnomasi yakunlangandan keyin uglevodorodni boshqa joyga o‘tkazish evasiga olinadigan daromaddan umuman quruq qolishi mumkin.Urinishlar borLoyihani to‘xtatishga qaratilgan birin-ketin qo‘l urilgan urinishlardan so‘ng amerikaliklar ularning foydasi yo‘q ekanini tan olishdi. Vashington gaz quvurini qurayotgan “Nord Stream 2 AG”ga qarshi cheklovlarni bekor qildi. Bu uning qurilishi uchun bo‘lgan to‘siqlarni sezilarli yengillashtiradi. Davlat departamenti konressga hisobot taqdim etib, unga sanksiya ostiga tushadigan kompaniya va kemalarni sanab o‘tdi. Hujjat “Nord Stream 2 AG”ga ta’sir ko‘rsatishni tavsiya qiladi, lekin u yerda bu choralar Entoni Blinkin qarori bilan to‘xtatib qo‘yilgani yoziladi.Davlat kotibi buni “milliy manfaatlar” bilan tushuntirdi, ammo tafsilotlarni ochiqlashdan o‘zini tiydi. Amerika OAVlarining Davlat departamentidagi manbalariga tayangan holda ta’kidlashicha, Vashington loyihani faqat Germaniyadagi iste’molchilarga qarshi sanksiyalar bilan to‘xtatish mumkin degan xulosaga kelgan. Bo‘lmasa buning samarasi umuman yo‘q. Zero gaz quvuri 95 foizga tayyor bo‘lgan.Germaniyadagi bozor qatnashchilariga bosim o‘tkazish esa Berlin bilan munosabatlarning putur yetkazishi mumkin, shundoq ham u oldingi prezident davrida buzilib bo‘lgan. Donald Tramp yevropaliklardan NATOni saqlashga ko‘proq mablag‘ ajratishlarini talab qildi va bir vaqtning o‘zida savdo bojlari bilan tahdid qildi. YeIning tashqi siyosat xizmati rasmiy vakili Piter Stano Vashington endi vaziyatni o‘nglashga harakat qilayotganini qayd etdi.Zararni hisoblab chiqishdiKiyevda ko‘rilajak zararlarni allaqachon hisoblab chiqishdi. “Operator GTS Ukraini” kompaniyasi rahbari Sergey Makogonning so‘zlariga ko‘ra, “Shimoliy oqim-2” mamlakat iqtisodiyotini yiliga besh-olti milliard dollardan mahrum qiladi. Rossiya tranzitni to‘xtatsa, Ukraina bir milliard dollarni yo‘qotadi. Gaz narxi oshadi, chunki uni YeIdan tashishga to‘g‘ri keladi. Bu yana ikki-uch millirad dollar yo‘qotish degani.“Butun eksportimiz qimmatlashadi – masalan, o‘g‘it. Shuningdek, aholi uchun tariflari oshadi, subsiyada uchun ko‘proq kerak bo‘ladi”, - deya tushuntirdi Makogon.2020 yilda tranzit uchdan birga qisqardi – 55,9 milliard kubometrgacha. Bu o‘ttiz yil ichidagi eng past ko‘rsatgich.Bu yili tranzidan xalos bo‘lishni davom ettirishdi. Fevralda yanvarga qaraganda to‘rtdan birga. Serbiya va Bolgariyada “Turk oqimi” quvuri qurib bitkazilgandan so‘ng Kiyev, ukrainaliklarning o‘zining hisob-kitobiga ko‘ra, yiliga yana o‘n-o‘n ikki milliard kubometr kam chiqqan. “Gazprom” Serbiya, Bosniya va Gersegovinaga yangi yo‘l orqali yoqilg‘i jo‘natmoqda. Qaytarishni talab qilishaptiAmerikaliklarning qarori Kiyev hafsalasini pir qildi. Rada palata vakillari va AQSh kongressi senati qurilishning “to‘liq va abadiy” to‘xtatilishi uchun barcha qonuniy vositalardan foydalanishga chaqirdi. Rossiya go‘yoki energetikadan “gibrid urushi vositasi” sifatida foydalanmoqda. Kiyevning ishontirishicha, bu “ham Ukraina, ham Yevropaning energetika xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf soladi”. Ammo hatto ukrainalik tahlilchilarning o‘zi ham Kiyev faqat o‘zini ayblashi mumkinligini tan olishadi. Energetika strategiyalari instituti hamasoschisi Yuriy Korolchuk ilgari ta’ikdlagandi: yoqilg‘i tranziti bilan ro‘y bergan narsa – bu faqat bozor uchun kurashda siyosiy yo‘lni tanlagan “Naftogaz”ning xizmati.Va ogohlantirdiki, Rossiyaning barcha quvurlari ishga tushishi bilan Ukraina orqali olib o‘tish arzimas bo‘ladi. Obro‘ni saqlashAmerikaliklar Yevropa bilan janjallashishni istmaydi va Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashni jon deb turibdi, deb hisoblaydi Muhandislik ta’limi Yevropa jamiyati rahbari professor Samuel Furfari.Uning fikriga ko‘ra, “Shimoliy oqim-2” qurilishi va ishga tushishiga qarshilik ko‘rsatish boshidan befoyda va bema’ni edi. Germaniyani loyihadan voz kechtirishga uringan Kongressdagi har ikki palata “qirg‘iylari” juda chuqurlashib ketishdi, buni Jo Bayden ham biladi. Aytish mumkinki, AQSh anglab yetdi: shantajga o‘xshagan ularning har bir yondashuvi Berlinda kutilgan natijani keltirmaydi”.Yaqin yillarda tranzit yo‘qotishi Ukrainaga alohida ko‘ngilsizliklarni olib kelmaydi: “Gazprom” bilan imzolangan 2024-yilgacha shartnoma “qazib ol yoki to‘la” tamoyilini nazarda tutadi. Bu yiliga minimum 40 millard kubometr. “Shimoliy” va “Turk oqimi” ishga tushgandan keyin Rossiya ukrain yo‘nalishidan voz kechishi mumkin. Agarda uni sisosiy nuqtayi nazardan kelib chiqib biror muddatga saqlasa, Kiyevning vositachi sifatida kelajagi borligi dargumon: Yevrora bozori shiddat bilan o‘zgarmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210513/milliardlab-evroni-kokka-sovurish-oktyabrgacha-shimoliy-oqim-2ni-qurib-bitkazishadimi-18716485.html
https://oz.sputniknews.uz/20210520/oqim-keyinga-qolsin-baydenga-putin-bilan-uchrashuvda-germaniya-kerak-18830276.html
https://oz.sputniknews.uz/20210420/germaniya-shimoliy-oqim-2-qurilishi-tarafdori--merkel--18414882.html
ukraina
kiyev
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1a/18926851_279:0:3010:2048_1920x0_80_0_0_125133c417e1c516e3e266b5913dd3ab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
kolumnistlar, aqsh, ukraina, shimoliy oqim-2, kiyev
kolumnistlar, aqsh, ukraina, shimoliy oqim-2, kiyev
TOShKENT, 26-may — Sputnik. AQSh “Shimoliy oqim-2” ga qarshi sanksiyalardan voz kechdi. Kiyev darrov milliardlab zararni hisoblab chiqib, Vashingtondan tushuntirish talab qildi. Xavotirga o‘rin bor: Rossiya yoqilg‘isi sobiq qardosh mamlakatidan aylanib o‘tib sotilmoqda, Ukraina orqali tranzit minimumgacha quladi. 2024-yilga kelib esa “Gazprom” – “Naftogaz” shartnomasi yakunlangandan keyin uglevodorodni boshqa joyga o‘tkazish evasiga olinadigan daromaddan umuman quruq qolishi mumkin.
Loyihani to‘xtatishga qaratilgan birin-ketin qo‘l urilgan urinishlardan so‘ng amerikaliklar ularning foydasi yo‘q ekanini tan olishdi. Vashington gaz quvurini qurayotgan “Nord Stream 2 AG”ga qarshi cheklovlarni bekor qildi. Bu uning qurilishi uchun bo‘lgan to‘siqlarni sezilarli yengillashtiradi.
Davlat departamenti konressga hisobot taqdim etib, unga sanksiya ostiga tushadigan kompaniya va kemalarni sanab o‘tdi. Hujjat “Nord Stream 2 AG”ga ta’sir ko‘rsatishni tavsiya qiladi, lekin u yerda bu choralar Entoni Blinkin qarori bilan to‘xtatib qo‘yilgani yoziladi.
Davlat kotibi buni “milliy manfaatlar” bilan tushuntirdi, ammo tafsilotlarni ochiqlashdan o‘zini tiydi. Amerika OAVlarining Davlat departamentidagi manbalariga tayangan holda ta’kidlashicha, Vashington loyihani faqat Germaniyadagi iste’molchilarga qarshi sanksiyalar bilan to‘xtatish mumkin degan xulosaga kelgan. Bo‘lmasa buning samarasi umuman yo‘q. Zero gaz quvuri 95 foizga tayyor bo‘lgan.
Germaniyadagi bozor qatnashchilariga bosim o‘tkazish esa Berlin bilan munosabatlarning putur yetkazishi mumkin, shundoq ham u oldingi prezident davrida buzilib bo‘lgan. Donald Tramp yevropaliklardan NATOni saqlashga ko‘proq mablag‘ ajratishlarini talab qildi va bir vaqtning o‘zida savdo bojlari bilan tahdid qildi. YeIning tashqi siyosat xizmati rasmiy vakili Piter Stano Vashington endi vaziyatni o‘nglashga harakat qilayotganini qayd etdi.
Zararni hisoblab chiqishdi
Kiyevda ko‘rilajak zararlarni allaqachon hisoblab chiqishdi. “Operator GTS Ukraini” kompaniyasi rahbari Sergey Makogonning so‘zlariga ko‘ra, “Shimoliy oqim-2” mamlakat iqtisodiyotini yiliga besh-olti milliard dollardan mahrum qiladi.
Rossiya tranzitni to‘xtatsa, Ukraina bir milliard dollarni yo‘qotadi. Gaz narxi oshadi, chunki uni YeIdan tashishga to‘g‘ri keladi. Bu yana ikki-uch millirad dollar yo‘qotish degani.
“Butun eksportimiz qimmatlashadi – masalan, o‘g‘it. Shuningdek, aholi uchun tariflari oshadi, subsiyada uchun ko‘proq kerak bo‘ladi”, - deya tushuntirdi Makogon.
2020 yilda tranzit uchdan birga qisqardi – 55,9 milliard kubometrgacha. Bu o‘ttiz yil ichidagi eng past ko‘rsatgich.
Bu yili tranzidan xalos bo‘lishni davom ettirishdi. Fevralda yanvarga qaraganda to‘rtdan birga. Serbiya va Bolgariyada “Turk oqimi” quvuri qurib bitkazilgandan so‘ng Kiyev, ukrainaliklarning o‘zining hisob-kitobiga ko‘ra, yiliga yana o‘n-o‘n ikki milliard kubometr kam chiqqan. “Gazprom” Serbiya, Bosniya va Gersegovinaga yangi yo‘l orqali yoqilg‘i jo‘natmoqda.
Qaytarishni talab qilishapti
Amerikaliklarning qarori Kiyev hafsalasini pir qildi. Rada palata vakillari va AQSh kongressi senati qurilishning “to‘liq va abadiy” to‘xtatilishi uchun barcha qonuniy vositalardan foydalanishga chaqirdi. Rossiya go‘yoki energetikadan “gibrid urushi vositasi” sifatida foydalanmoqda. Kiyevning ishontirishicha, bu “ham Ukraina, ham Yevropaning energetika xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf soladi”.
Ammo hatto ukrainalik tahlilchilarning o‘zi ham Kiyev faqat o‘zini ayblashi mumkinligini tan olishadi. Energetika strategiyalari instituti hamasoschisi Yuriy Korolchuk ilgari ta’ikdlagandi: yoqilg‘i tranziti bilan ro‘y bergan narsa – bu faqat bozor uchun kurashda siyosiy yo‘lni tanlagan “Naftogaz”ning xizmati.
Va ogohlantirdiki, Rossiyaning barcha quvurlari ishga tushishi bilan Ukraina orqali olib o‘tish arzimas bo‘ladi.
Amerikaliklar Yevropa bilan janjallashishni istmaydi va Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashni jon deb turibdi, deb hisoblaydi Muhandislik ta’limi Yevropa jamiyati rahbari professor Samuel Furfari.
Uning fikriga ko‘ra, “Shimoliy oqim-2” qurilishi va ishga tushishiga qarshilik ko‘rsatish boshidan befoyda va bema’ni edi. Germaniyani loyihadan voz kechtirishga uringan Kongressdagi har ikki palata “qirg‘iylari” juda chuqurlashib ketishdi, buni Jo Bayden ham biladi. Aytish mumkinki, AQSh anglab yetdi: shantajga o‘xshagan ularning har bir yondashuvi Berlinda kutilgan natijani keltirmaydi”.
Yaqin yillarda tranzit yo‘qotishi Ukrainaga alohida ko‘ngilsizliklarni olib kelmaydi: “Gazprom” bilan imzolangan 2024-yilgacha shartnoma “qazib ol yoki to‘la” tamoyilini nazarda tutadi. Bu yiliga minimum 40 millard kubometr. “Shimoliy” va “Turk oqimi” ishga tushgandan keyin Rossiya ukrain yo‘nalishidan voz kechishi mumkin. Agarda uni sisosiy nuqtayi nazardan kelib chiqib biror muddatga saqlasa, Kiyevning vositachi sifatida kelajagi borligi dargumon: Yevrora bozori shiddat bilan o‘zgarmoqda.