https://oz.sputniknews.uz/20210525/yutuq-va-galabalaringizga-ishonaman-mirziyoev-bitiruvchilarni-tabrikladi-18890465.html
“Yutuq va g‘alabalaringizga ishonaman”: Mirziyoyev bitiruvchilarni tabrikladi
“Yutuq va g‘alabalaringizga ishonaman”: Mirziyoyev bitiruvchilarni tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident bitiruvchilarga sihat-salomatlik, ishda va o‘qishda, shaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar tiladi. 25.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-25T10:25+0500
2021-05-25T10:25+0500
2021-05-25T10:30+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
maktab
o‘quvlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1409/68/14096874_0:43:1281:763_1920x0_80_0_0_8e232eea44280a156fb2c658559dce09.jpg
TOShKENT, 25-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini tabrikladi. Davlat rahbari matbuot xizmati tabrik matnini chop qildi.Bugun mamlakatdagi barcha maktablarda “so‘nggi qo‘ng‘iroq”lar yangrab, qariyb 438 ming nafar o‘quvchi yetuklik shahodatnomalarini qo‘llariga oladi.Prezident maktabni bitirib chiqayotgan yigit-qizlardan birontasi e’tibordan chetda qolmasligini ta’kidladi.Mirziyoyev bitiruvchilarni o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘yib, vaqtini behuda o‘tkazmay, doimo bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishga chaqirdi. U yangi kasb-hunar egallash va eng asosiysi o‘z maqsadi sari tinmay harakat qilish albatta kelgusidagi muvaffaqiyatlar garovi ekaniga ishonch bildirdi.Oxirgi to‘rt yilda mamlakatda134 ta yangi maktab qurilib, 2 ming 965 ta maktab rekonstruksiya qilinib, tubdan ta’mirlangan va jihozlangan.Hozirgi vaqtda respublikamizda 10 mingdan ziyod davlat umumta’lim, 171 ta nodavlat, 18 ta davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktablar faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, 56 ta matematika, 28 ta kimyo-biologiya, 14 ta axborot texnologiyalari fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi.Oxirgi bir yarim yilda iqtidorli o‘quvchilar xalqaro olimpiadalarda 4 ta oltin, 18 ta kumush, 30 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210524/maktablarda-songgi-qongiroqni-otkazishga-ruxsat-berildi-18883950.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1409/68/14096874_33:0:1232:899_1920x0_80_0_0_e4311b9a713ff3741feff4f72cd74c6f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, maktab, o‘quvlar
siyosat, shavkat mirziyoyev, maktab, o‘quvlar
“Yutuq va g‘alabalaringizga ishonaman”: Mirziyoyev bitiruvchilarni tabrikladi
10:25 25.05.2021 (yangilandi: 10:30 25.05.2021) Prezident bitiruvchilarga sihat-salomatlik, ishda va o‘qishda, shaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar tiladi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini tabrikladi. Davlat rahbari matbuot xizmati tabrik matnini
chop qildi. Bugun mamlakatdagi barcha maktablarda “so‘nggi qo‘ng‘iroq”lar yangrab, qariyb 438 ming nafar o‘quvchi yetuklik shahodatnomalarini qo‘llariga oladi.
Prezident maktabni bitirib chiqayotgan yigit-qizlardan birontasi e’tibordan chetda qolmasligini ta’kidladi.
“Sizlarning hayotda o‘z munosib o‘rningizni topishingiz uchun davlatimiz va jamiyatimiz bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarini to‘la safarbar etadi”, - dedi Mirziyoyev.
Mirziyoyev bitiruvchilarni o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘yib, vaqtini behuda o‘tkazmay, doimo bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishga chaqirdi. U yangi kasb-hunar egallash va eng asosiysi o‘z maqsadi sari tinmay harakat qilish albatta kelgusidagi muvaffaqiyatlar garovi ekaniga ishonch bildirdi.
“Mustaqil hayot sari tashlayotgan ilk dadil qadamingiz qutlug‘ va muborak bo‘lsin! Sizlarning yutuq va g‘alabalaringizga ishonaman, aziz bolalarim!”, - deyiladi prezident tabrigida.
Oxirgi to‘rt yilda mamlakatda134 ta yangi maktab qurilib, 2 ming 965 ta maktab rekonstruksiya qilinib, tubdan ta’mirlangan va jihozlangan.
Hozirgi vaqtda respublikamizda 10 mingdan ziyod davlat umumta’lim, 171 ta nodavlat, 18 ta davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktablar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Jumladan, 56 ta matematika, 28 ta kimyo-biologiya, 14 ta axborot texnologiyalari fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi.
Oxirgi bir yarim yilda iqtidorli o‘quvchilar xalqaro olimpiadalarda 4 ta oltin, 18 ta kumush, 30 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan.