To‘g‘ri yo‘l: Rossiyada elektron moslamalar umrini 10-yilga cho‘zish taklif qilindi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishStart prodaj v Rossii flagmanskix smartfonov Huawei
Start prodaj v Rossii flagmanskix smartfonov Huawei - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2021
Obuna bo‘lish
Ushbu chora aholiga elektron mahsulotlardan uzoqroq vaqt davomida foyalanish imkonini beradi hamda tabiatga va hamonga yetkazilayotgan zararni kamaytiradi.
TOShKENT, 25-may —Sputnik. Bosh vazir o‘rinbosari Viktoriya Abramchenko Sanoat va savdo vazirligiga Yevropada ishlab chiqaruvchilar uchun qabul qilingan texnik reglamentlarni joriy etishni taklif qildi.
Xususan, maishiy texnika va elektron moslamalar, jumladan smartfonlarning foydalanish muddatini 10-yil deb belgilash taklif qilindi.
Ushbu tashabbus Tabiatni muhofaza qilish vaziri Aleksandr Kozlov tomonidan taklif qilingan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – tabiatni elektron axlatdan xoli qilish, uglerodli chiqindilar miqdorini kamaytirish.
Misol uchun, Yevropa Itifoqida maishiy texnika va televizorlar ishlab chiqaruvchilari xaridorlar ushbu texnikadan 7-10 yil davomida foydalanishini ta’minlashi kerak. Yaqin kelajakda ushbu talablarni smartfon, noutbuk va boshqa kichik texnika uchun ham qo‘llash rejalashtirilmoqda.
Ushbu chora natijasida aholi mahsulotlardan uzoqroq vaqt davomida foyalanish imkoniga ega bo‘ldi. Yangi mahsulot sotib olish va eskisini utilizatsiya qilish, tabiatga va hamonga zarar yetkazish kamayadi.
Yangiliklar lentasi
0