Rossiya fuqaroligini olayotgan migrantlarga Konstitutsiya nusxasi beriladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPasport grajdanina RF i Konstitutsiya RF
Pasport grajdanina RF i Konstitutsiya RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya fuqaroligini olgan migrantlarga Konstitutsiya beriladi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Rossiya fuqaroligini olgan migrantlarga Konstitutsiya beriladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin topshirig‘iga asosan birinchi pasportni olayotgan fuqarolarga Konstitutsiya taqdim etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
1 iyuldan boshlab Rossiya pasportini birinchi marta olgan fuqarolarga, xususan 14 yoshli rossiyaliklar, shuningdek Rossiya fuqaroligini olgan chet elliklarga Konstitutsiyaning nusxasi beriladi.
Pasport Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2021
Rossiya fuqaroligi eng ko‘p kimlarga berilmoqda?
Hukumat qarori bilan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi pasporti to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu vatanparvarlik tarbiya darajasini oshirish, davlat ramzlariga nisbatan ehtiyotkorlik va hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga yordam beradi.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0