Rossiya Afg‘onistondagi harbiy eskalatsiyaga tayyor - Lavrov

© REUTERS / Omar Sobhaniنن په کابل کې چاودنه شوي چې ګڼ شميرخلګو ته يي مرګ ژوبله اړولې ده
نن په کابل کې چاودنه شوي چې ګڼ شميرخلګو ته يي مرګ ژوبله اړولې ده - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya Afg‘onistondagi harbiy eskalatsiyaga tayyor - Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Yaqin oylar Afg‘oniston uchun hal qiluvchi bo‘lishi mumkin, harbiy faollikning kuchayishi kutilmoqda, Rossiya bunday voqealar rivojiga tayyor, deb aytdi dushanba kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. RIA Novosti.
"Kelgusi oylar hal qiluvchi bo‘lishi mumkin. Prognozlarga qaraganda, u vaqtda mavsumiy jangovar harakatlar avj olishi mumkin. Ko‘p narsa urush olib borayotgan afg‘on tomonlarining konstruktiv muloqotni o‘tkazishga va kelajakdagi davlat tuzilishining muhim masalalari bo‘yicha kelishib olishga tayyorligiga bog‘liq bo‘ladi”, - dedi Lavrov.
TIV rahbari ta’kidlashicha, Rossiya Afg‘onistondagi voqealar rivojiga tayyor.

Ammo, albatta, biz u yerda vaziyat barqarorlashishidan manfaatdormiz. Shu maqsadda biz boshqa davlatlar bilan birgalikda milliy yarashuv jarayonini faol ravishda ko‘mak bermoqdamiz. Xususan, biz buni Rossiya, AQSh, Xitoy va Pokiston ishtirokidagi kengaytirilgan "uchlik" doirasida amalga oshirmoqdamiz. Kelajakda biz mintaqaning barcha davlatlari va AQShni o‘z ichiga olgan Moskva formatidagi ishlarni faollashtirishni nazarda tutmoqdamiz

Glava MID RF Sergey Lavrov  - Sputnik O‘zbekiston
Sergey Lavrov
Rossiya tashqi ishlar vaziri
Moskva “Tolibon”* bilan muloqotda ularning Afg‘onistondagi hokimiyatni monopollashtirishiga qarshi ekanligini to‘g‘rilikchaaytadi, G‘arbda shu kabi ssenariydan birinchi navbatda tashvish bildirilmoqda, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Tolibon tomonidan hokimiyatni egallab olishidan tashvish yuzasidan birinchi navbatda G‘arb kuzatuvchilari bildirilmoqda. Ammo, birinchidan, toliblar o‘zlari bunday niyatlari yo‘qligini, ikkinchidan esa - kuch yo‘li bilan hokimiyat tepasiga kelishini qo‘llab-quvvatlamaydigan afg‘on siyosiy kuchlar bor”, - dedi diplomat.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, barqaror kelishuv uchun afg‘on jamiyatining barcha etnik siyosiy guruhlari manfaatlarini hisobga oladigan hukumat tuzish kerak.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>
Yangiliklar lentasi
0