Rossiya adliya vaziri mahkumlarni migrantlar o‘rniga ishlatish taklifini qo‘llab-quvvatladi

Obuna bo‘lish
Konstantin Chuychenkoning fikricha, bu yaxshi g‘oya, chunki yirik qurilishlar va obyektlarda axloq tuzatish markazlarini yaratish mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Rossiya Adliya vazirligi rahbari Konstantin Chuychenko mehnat migrantlarini mahbuslar bilan almashtirish taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Chuychenko bu g‘oyani yaxshi deb hisoblaydi, chunki yirik qurilishlar va obyektlarda axloq tuzatish markazlarini yaratish mumkin bo‘ladi. Jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar, o‘z navbatida, yaxshi ishchi bo‘lish uchun yetarlicha malakaga ega.
Stroiteli, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2021
Mehnat migrantlarini mahbuslar bilan almashtirish taklif etildi
Rossiyalik vazirning so‘zlariga ko‘ra, axloq tuzatish markazlarini yaratish mahbuslarning jazoni almashtirish huquqini amalga oshirish imkonini beradi. Chuychenko hozirda ozodlikdan mahrum qilish joylarida bo‘lgan 180 ming nafarga yaqin kishi jazoni axloq tuzatish ishlari shaklida o‘tashga o‘tish huquqiga ega ekanini qayd etdi.
Ammo mamlakatda jami 8 mingtacha axloq tuzatish markazlari tashkil etilgan, shu bois hukumat kishilarning jazoni almashtirish huquqini to‘liq amalga oshirolmaydi.

“Bu juda ijtimoiy muhim va qiziq narsa, chunki odamlar bu bilan jamiyatdan ayrilmaydi, maosh oladi, sud qarorlarida belgilangan majburiyatlarini bajara oladi”, - dedi Chuychenko. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Rossiya Adliya vazirligi rahbari hukumat biznes bilan muzokaralar o‘tkazayotgani va axloq tuzatish markazlari va ish o‘rnini ko‘paytirish uchun bitimlar tuzayotganini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Jazoni ijro etish federal xizmati (FSIN) direktori Aleksandr Kalashnikov Rossiyada migrantlar ishlaydigan sohalarda mahkumlarni faolroq jalb qilish va ular o‘rniga ishlatish taklifini o‘rtaga tashlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0