Mudhish YTH: Angrenda 7ta avtomobil to‘qnashdi – 5 kishi vafot etdi

© Fotolia / Jan H. AndersenMertviy chelovek na asfalte
Mertviy chelovek na asfalte - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2021
Obuna bo‘lish
“Lasetti”, “Kobalt”, “Jentra”, “Neksiya-3”, “Matiz”, “Neksiya-3” va “Lasetti” rusumli avtomobillari to‘qnashdi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. 24 may kuni soat 09:30larda Angren shahridan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 184 km.da “Namangan-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan “MAN” rusumli tirkamali yuk avtomobili boshqaruvini yo‘qotib, ag‘darilib, o‘zidan oldinda temir yo‘l kesishmasiga yetmay to‘xtagan.
FVV matbuot xizmati xabar qilishicha, natijada “Lasetti”, “Kobalt”, “Jentra”, “Neksiya-3”, “Matiz”, “Neksiya-3” va “Lasetti” rusumli avtomobillari bilan to‘qnashib, YTH sodir bo‘ldi.
Pojarnie tushat gorashiy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2021
Qashqadaryoda "NEXIA”ning gaz balloni portladi – qurbonlar bor
To‘qnashuv natijasida “Lasetti” rusumli avtomobili yongan.
YTH oqibatida 5 nafar fuqaro voqea joyida vafot etdi, 4 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati oldi, fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
Tan jarohati olgan fuqarolar Angren shahar Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Voqea joyida Toshkent viloyati FVB va Angren shahar FV bo‘limi, IIB, prokuratura va SSB dastlabki tergov tekshiruv ishlarini olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0