Yosh shaxmatchiga prezident sovg‘asi topshirildi

© Press-slujba Minturizma i sportaYuniy shaxmatist Saidjon Salimjonov poluchil podarok ot prezidenta
Yuniy shaxmatist Saidjon Salimjonov poluchil podarok ot prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 23-may — Sputnik. 10 yoshli farg‘onalik Saidjon Salimjonovga prezident sovg‘asi – eng zamonaviy shaxmat dasturlari jamlangan kompyuter sovg‘a qilindi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
14 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurib, bu yerda davolanayotgan bolalar bilan suhbatlashgan edi. Saidjon Salimjonov prezident bilan suhbatda o‘z qiziqishlari bilan o‘rtoqlashgan edi.
Shaxmati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2021
O‘zbekiston shaxmat bilan shug‘ullanuvchilar sonini oshiradi: qanday choralar belgilandi
Saidjon ayni paytda Farg‘ona shahridagi 28-sonli umumta’lim maktabining 3-"A" sinfi o‘quvchisi sanaladi. U darslardan bo‘sh vaqtida shaxmat bilan shug‘ullanib turadi va kelajakda professional shaxmatchi bo‘lishni orzu qiladi. U Farg‘onada ochilgan Toshkent Xalqaro shaxmat akademiyasining filialida o‘z yosh toifasida tahsil olib kelmoqda. Murabbiyi Ravil Vinerovich rahbarligida bir qator musobaqalarda qatnashib, shahar va viloyat bosqichlarida g‘oliblikni ham qo‘lga kiritgan.

“Endi sevimli mashg‘ulotim shaxmat bilan yanada jiddiy shug‘ullanib, Osiyo va Jahon chempionatlarida O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarishga harakat qilaman”, - dedi Saidjon o‘z quvonchlarini yashira olmasdan.

Hozirda Saidjon yuqoridagi tibbiyot markazida davolanmoqda. Shifokorlar unga jigar xavfli o‘smasi tashxisini qo‘ygan.
Markazda davolanayotganlar orasida shaxmatga qiziqadigan bolalar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Shuni inobatga olgan holda Turizm va sport vazirligi nomidan vazir o‘rinbosari Avazjon Karimov bu yerda davolanayotgan boshqa bemorlarga ham shaxmat anjomlarini tarqatdi.
© Press-slujba Minturizma i sportaYuniy shaxmatist Saidjon Salimjonov poluchil podarok ot prezidenta
Yuniy shaxmatist Saidjon Salimjonov poluchil podarok ot prezidenta - Sputnik O‘zbekiston
1/3
Yuniy shaxmatist Saidjon Salimjonov poluchil podarok ot prezidenta
© Press-slujba Minturizma i sportaYuniy shaxmatist Saidjon Salimjonov poluchil podarok ot prezidenta
Yuniy shaxmatist Saidjon Salimjonov poluchil podarok ot prezidenta - Sputnik O‘zbekiston
2/3
Yuniy shaxmatist Saidjon Salimjonov poluchil podarok ot prezidenta
3/3
1/3
Yuniy shaxmatist Saidjon Salimjonov poluchil podarok ot prezidenta
2/3
Yuniy shaxmatist Saidjon Salimjonov poluchil podarok ot prezidenta
3/3
15 may kuni Saidjonga prezident nomidan professional shaxmat doskasi sovg‘a qilingan, shuningdek, shaxmat bo‘yicha murabbiy ham biriktirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0