Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i hibsga olindi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoMujchina derjit naruchniki
Mujchina derjit naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mutasaddilariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining sobiq rahbari Komiljon Adilov qamoqqa olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddalari (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi ochilgan. Nurafshon shahar prokuraturasi ish yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda.
Rabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2021
Hokim o‘rinbosari, soliq inspeksiyasi inspektorlari: mansabdorlar pora bilan ushlandi
Jinoyat ishi doirasida 21-may kuni viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘iga JKning 167-moddasi 2-qismi “a, v, g” bandlari bilan ayb e’lon qilgan va unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining sobiq rahbari Komiljon Adilov qamoqqa olingani, bosh hisobchi esa qidiruvdaligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Xabarda yozilishicha, yaqinda boshqarmani KRU tekshirgan va umumiy hisobda 50 million so‘m kamomad chiqqan.
Komiljon Adilov 2019-yil dekabr oyida boshqarma boshlig‘i etib tayinlangan edi. Joriy yilda ushbu boshqarma tugatilib, turizm va sport bitta tuzilma ostiga birlashtirilgan, umumiy rahbarlik viloyat hokimining o‘rinbosariga yuklatilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0