Kongoda vulqon otilishi vaqtida besh kishi halok bo‘ldi

Video Player is loading.
Hozirgi vaqt 0:00
/
Duration 0:00
Yuklash: 0%
Progress: 0%
Oqim turi LIVE
Qolgan vaqt -0:00
 
1x
V DR Kongo bolee sta chelovek mogli pogibnut pri izverjenii vulkana
3:37
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 23-may — Sputnik.Kongo Demokratik Respublikasi sharqidagi Niragongo vulqoni otilishi sabab kamida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning Shimoliy Kivu viloyati gubernatori general-leytenant Konstan Ndima ma’lum qilgan.
Aniqlik kiritilishicha, aholini Goma shahridan evakuatsiya qilish vaqtida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida besh kishi halok bo‘lgan.
Ognedishashiy drakon: na Kamchatke prosnulsya samiy bolshoy vulkan v Yevrazii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2020
Kamchatkada Yevroosiyodagi eng katta vulqon yana uyg‘ondi – video
Konstan Ndimaning so‘zlariga ko‘ra, shaharda talonchilik, marodorlik jinoyati qayd etilgan. Shuningdek, mahbuslarning markaziy qamoqxonadan qochib ketishga urinish holatlari kuzatilgan.
Afrikaning eng faol vulqonlaridan biri Niragongoning otilishi 22-may kuni boshlangan. Gomaning shimoli-sharqiy qismlarida evakuatsiya e’lon qilingan. Yetti mingga yaqin kishi shahardan qo‘shni Ruanda davlatiga qochib ketgan. Guvohlar ikkita yirik lava otilganini xabar qilmoqda. Vulqon otilishi 23-may kuni ertalab to‘xtagan.
Yangiliklar lentasi
0