“Eurovision-2021” g‘olibi aniqlandi

© AFP 2023 / KENZO TRIBOUILLARDItalyanskaya rok-gruppa Måneskin
Italyanskaya rok-gruppa Måneskin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2021
Obuna bo‘lish
Qo‘shiqchi Manija tomoshabin va hakamlarning 204 ta ovozini olib, Rossiyaga to‘qqizinchi o‘rinni keltirdi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Niderlandiyaning Rotterdam shahrida Yevropaning eng asosiy musiqiy tanlovlaridan biri bo‘lgan “Eurovision-2021” o‘z nihoyasiga yetdi.
“Ahoy” arenasida kechgan tanlov finalida 26 ta mamlakat vakillari g‘alaba uchun kurash olib bordi.
Tomoshabin va hakamlarning ovoz berish natijasiga ko‘ra, Italiyaning Måneskin rok guruhi “Zitti E Buoni” qo‘shig‘i bilan “Yevrovidenie-2021” tanlovi g‘olibi bo‘ldi. Italiya umumiy hisobda 524 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi o‘rin Fransiya vakilasi Barbara Praviga nasib etdi. U 499 ball oldi.
Shveysariyaga uchinchi o‘rinni Gjon’s Tears taxallusi bilan ijod qiluvchi Jon Muxarremay keltirdi. U tomoshabin va hakamlarning 432 balliga sazovor bo‘ldi.
Rossiya esa tanlovda to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Qo‘shiqchi Manija mamlakatga 204 ball keltirdi.
Tanlovda Ukraina beshinchi o‘rinda, Ozarbayjon 20 o‘rinda qayd etildi.
Tomoshabinlar umuman ovoz bermagan mamlakatlar ham bo‘ldi. Ispaniya, Germaniya, Niderlandiya va Britaniya ularning birorta ham ovozi ololmagan.
Rezultati golosovaniya na "Yevrovidenii-2021"
Rezultati golosovaniya na Yevrovidenii-2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2021
Rezultati golosovaniya na "Yevrovidenii-2021"
Eng qizig‘i, Buyuk Britaniya vakiliga na tomoshabinlar, na hakamlar ovoz berdi. Shu tariqa mamlakat tanlov tarixiga o ball olgan mamlakat sifatida kiritildi.
Quyida “Eurovision-2021” musiqiy tanlovi finalini to‘liq tomosha qilish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0