“Atletiko Madrid” Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi kutilmoqda

© Press-slujba FK "Lokomotiv" / Mediabankka o‘tishIgroki FK "Atletiko Madrid
Igroki FK Atletiko Madrid - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2021
Obuna bo‘lish
“Atletiko Madrid” futbol klubi akademiyasini tashkil etish uchun ispan klubining O‘zbekistonga rasmiy tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Ispaniyaning yangi chempioni “Atletiko Madrid” O‘zbekiston klublaridan biri bilan Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Turizm va sport vazirining xalqaro maslahatchisi Aliya Ospanovaning ispan klubining xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Rosolino Amenta bilan uchrashuvida kelishuvga erishildi.
Uchrashuvda jahon futbolining mashhur yulduzlari ishtirokida qator xalqaro sport tadbirlarini tashkil etish orqali kadrlar tayyorlash dasturini amalga tatbiq etish, “visit Uzbekistan – Heart of the Silk Road” brendini keng targ‘ib qilish, shuningdek, “Atletiko Madrid” futbol klubi asosiy tarkibi bilan O‘zbekiston klublaridan biri o‘rtasida Toshkentda xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Ispanskiy futbolniy klub «Atletiko” predlojil otkrit v Uzbekistane svoyu akademiyu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2021
“Atletiko Madrid” O‘zbekistonda futbol akademiyasini ochmoqchi
O‘z navbatida Ispaniya klubi vakili O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va o‘zgarishlar bilan yaxshi tanish ekanligini ta’kidlab, turizm va sport sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirish masalasiga katta qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunida “Atletiko Madrid” futbol klubi delegatsiyasining O‘zbekistondagi sport infratuzilmasi bilan tanishish va mazkur futbol klubi akademiyasini tashkil etish uchun O‘zbekistonga rasmiy tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
“Atletiko Madrid” professional futbol klubiga 1903-yil 26-aprelda asos solingan. Jamoa o‘zining uy uchrashuvlarini “Vanda Metropolitano” stadionida o‘tkazadi. “Matraschilar” kuni kecha mehmonda “Valyadolid” ustidan irodali g‘alabaga erishib, o‘zining o‘n birinchi chempionligini qo‘lga kiritdi. Klub oxirgi marta oltin medallarga 2014-yilda sazovor bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi O‘zbekistonda futbol akademiyasini ochish taklifini bildirgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0