https://oz.sputniknews.uz/20210522/moskvada-yuzlab-ozbekistonlik-maosh-kechikayotganidan-shikoyat-qildi-18859813.html
Moskvada yuzlab o‘zbekistonlik maosh kechikayotganidan shikoyat qildi
Moskvada yuzlab o‘zbekistonlik maosh kechikayotganidan shikoyat qildi
Sputnik O‘zbekiston
Hozirgi vaqtda 500 nafarga yaqin fuqaro shikoyat qildi. 22.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-22T16:49+0500
2021-05-22T16:49+0500
2021-05-22T16:49+0500
migratsiya
o‘zbekiston
moskva
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/1e/15505258_0:263:3073:1991_1920x0_80_0_0_192fbd9787826cb1712d12ece2dfa4ee.jpg
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida joylashgan “Monolit kapital stroy” qurilish kompaniyasida mehnat qilayotgan bir guruh o‘zbekistonliklar ish beruvchi tashkilotdan norozi bo‘lib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilgan.26 aprel kuni Agentlik vakillaridan iborat ishchi guruh respublikaning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi mas’ul xodimlari bilan birgalikda voqea joyiga borib, vaziyatni o‘rgangandi. 19-may kuni Agentlikning Moskva shahridagi vakolatxonasida fuqarolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Ma’lum bo‘lishicha, qurilish obyektlarida mustaqil ravishda, ish beruvchi bilan o‘zaro kelishuv asosida ish boshlagan fuqarolarga ish haqlarining berilishi kechiktirilgan va bu holat ularning noroziligiga sabab bo‘lgan.Agentlik tomonidan yashash joyisiz qolgan fuqarolar bepul yotoqxona va 3 mahal ovqat bilan ta’minlangan, ishsiz qolganlarga boshqa ish joylari taklif qilingan.Hozirgi vaqtda 500 nafarga yaqin fuqarolarning shikoyatlari asosida ularning huquqlarini himoya qilish va ish haqlarini undirib berish maqsadida Moskva shahar prokuraturasi, Tergov qo‘mitasi hamda Mehnat inspeksiyalariga rasman murojaat qilingan.Shuningdek, ushbu migrantlarning 25 foizdan ortig‘i nolegal tarzda ish faoliyatini olib borganligi aniqlanib, Rossiyaning amaldagi qonunchiligi asosida ularni legallashtirish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210521/ikki-yuzdan-ortiq-fuqaro-ishlash-uchun-rossiya-va-janubiy-koreyaga-jonab-ketdi-18849706.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/1e/15505258_59:0:2790:2048_1920x0_80_0_0_80682fccbe44855b4b3c49bcfec0b6e4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, o‘zbekiston, moskva, migrantlar
migratsiya, o‘zbekiston, moskva, migrantlar
Moskvada yuzlab o‘zbekistonlik maosh kechikayotganidan shikoyat qildi
Hozirgi vaqtda 500 nafarga yaqin fuqaro shikoyat qildi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida joylashgan “Monolit kapital stroy” qurilish kompaniyasida mehnat qilayotgan bir guruh o‘zbekistonliklar ish beruvchi tashkilotdan norozi bo‘lib, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasiga murojaat qilgan.
26 aprel kuni Agentlik vakillaridan iborat ishchi guruh respublikaning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi mas’ul xodimlari bilan birgalikda voqea joyiga borib, vaziyatni o‘rgangandi.
19 may kuni Agentlikning Moskva shahridagi vakolatxonasida fuqarolar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Ma’lum bo‘lishicha, qurilish obyektlarida mustaqil ravishda, ish beruvchi bilan o‘zaro kelishuv asosida ish boshlagan fuqarolarga ish haqlarining berilishi kechiktirilgan va bu holat ularning noroziligiga sabab bo‘lgan.
Agentlik tomonidan yashash joyisiz qolgan fuqarolar bepul yotoqxona va 3 mahal ovqat bilan ta’minlangan, ishsiz qolganlarga boshqa ish joylari taklif qilingan.
Hozirgi vaqtda 500 nafarga yaqin fuqarolarning shikoyatlari asosida ularning huquqlarini himoya qilish va ish haqlarini undirib berish maqsadida Moskva shahar prokuraturasi, Tergov qo‘mitasi hamda Mehnat inspeksiyalariga rasman murojaat qilingan.
Shuningdek, ushbu migrantlarning 25 foizdan ortig‘i nolegal tarzda ish faoliyatini olib borganligi aniqlanib, Rossiyaning amaldagi qonunchiligi asosida ularni legallashtirish bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.