O‘zbekistonlik migrantlar Rossiyada qachongacha hujjatlarini rasmiylashtirishga haqli?

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishPosadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan
Posadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik migrantlar patent va boshqa hujjatlarini 30-iyunga qadar rasmiylashtirishga haqli.
TOShKENT, 21-may - Sputnik. Ayni damda Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari 2021-yilning 30-iyuniga qadar o‘z hujjatlarini rasmiylashtirishga haqli, dedi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norov.
Norov aytishiga ko‘ra, Rossiya prezidentining 791-sonli farmonida belgilangan hujjatlarning amal qilish muddati, muayan davlat bilan aviaaloqalar o‘rnatilgan kundan boshlab 90-kun davomida amal qiladi.
Ya’ni O‘zbekiston va Rossiya orasida doimiy aviaaloqa rasman 1-apreldan boshlangan bo‘lsa, demak Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarlari hujjatlari muddati avtomatik ravishda 30-iyunga qadar uzaytiriladi.
Qonunda belgilangan ushbu holat nafaqat O‘zbekiston fuqarolariga, balkim boshqa barcha davlat fuqarolariga ham taaluqli.
Eslatib o‘tamiz, may oyining boshidan beri Moskva migratsiya markazlariga minglab odamlar murojaat qilmoqda, Sahxarovo va Putilkovodagi migratsiya markazlarida uzundan uzoq navbatlar hosil bo‘lgan. Mehnat migrantlari "Kovid amnistiyasi", ya’ni Rossiya prezidentining 791-sonli farmoni muddati tugunga qadar hujjatlarni rasmiylashtirishga ulgurishga harakat qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0