"Biz ularning tishini to‘kib olamiz" - Putin

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyaning raqiblari uning rivojlanishini to‘xtatib turishga harakat qilishmoqda. Bunday harakatlar hatto SSSR tarqalib ketganidan so‘ng ham to‘xtagani yo‘q.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. "Pobeda" tashkiliy qo‘mitasi majlisida so‘zga chiqqan Vladimir Putin Rossiya hududlariga da’vo qilayotgan davlatlarga o‘ta keskin javob berdi. RIA Novosti xabariga asosan.
"Davlat rivojlanib kuch to‘play boshlagan zamonoq, raqiblar uning rivojlanishini to‘xtatish chorasini izlay boshlaydi. Hatto SSSR tarqalib ketganidan keyin ham ushbu harakatlar to‘xtagani yo‘q.
<...> Kimdir hatto ochiq-oydin Sibir hududi boyliklari Rossiyaga tegishliligi nohaqlik deyishdan ham toymayapti.<...> Kimdir bizning bir bo‘lagimizni "tishlab uzib olish" haqida gapirmoqda, lekin ular shuni bilsin: kerak bo‘lsa biz ularning tishini to‘kib olamiz, tishlay olmasligi uchun. Buning uchun biz qurolli kuchlarimizni rivojlantirmoqdamiz", - dedi Rossiya prezidenti.
Shu bilan birga Vladimir Putin Rossiya iqtisodini mutlaq harbiylashtirilmayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Bu yil Rossiya mudofaa maqsadlariga 3 trillion so‘m ajratgan. Dollarda bu o‘rtacha 42 milliard bo‘ladi. AQSh harbiy xarajatlari bo‘lsa 770 milliarddan ortiq.
Rossiya eng zamonaviy turdagi yadroviy to‘xtatib turish quroliga ega. Yana bizda hozircha hech kimda yo‘q bo‘lgan strategik qurolning yangi turi - gipertovush tezligida harakatlanuvchi "Avangard" raketa tizimi bor.
Yangiliklar lentasi
0