https://oz.sputniknews.uz/20210520/yapon-biznesmenlari-har-oyda-bir-marta-biznes-seminarlar-bolib-otadi--18820715.html
Yapon biznesmenlari uchun har bir viloyatda biznes-seminarlar bo‘lib o‘tadi
Yapon biznesmenlari uchun har bir viloyatda biznes-seminarlar bo‘lib o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
Birinchi seminar Toshkent viloyatida ikkinchisi Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Ulardan 100dan ortiq yaponiyalik biznesmenlar ishtirok etadi. 20.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-20T12:50+0500
2021-05-20T12:50+0500
2021-05-20T12:53+0500
iqtisod
yaponiya
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/14/18816232_0:66:1281:786_1920x0_80_0_0_87c536fc31768e146a922d7503920813.jpg
TOShKENT, 20-may - Sputnik. O‘zbekiston yaponiya bilan biznes aloqalarini yanada rivojlantiradi. Bu haqida 19-may kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Yaponiyaning “JETRO” (tashqi savdoni rivojlantirish) tashkiloti bilan imzolagan memorandumda aytib o‘tilgan. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L.Kudratov va “JETRO”ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari D.Takaxashi tomonidan imzolandi.Birinchi seminar 20-may kuni Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tadi. “JETRO” tarkibiga kiruvchi yapon kompaniyalarining 100dan ortiq vakillari unda ishtirok etishlarini tasdiqladilar. Keyingi seminar Samarqand viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, - deyilgan xabarda.Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda “JETRO”ning vakolatxonasi 2000-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Uning asosiy vazifalari Yaponiya kompaniyalaridan mamlakat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish, ikki mamlakat sanoat korxonalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish va ilg‘or texnologiyalar bilan almashishni tashkil etishdan iborat.
yaponiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/14/18816232_72:0:1207:851_1920x0_80_0_0_e86a24b656644656751f1bd80bb63997.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, yaponiya, iqtisod
iqtisod, yaponiya, iqtisod
Yapon biznesmenlari uchun har bir viloyatda biznes-seminarlar bo‘lib o‘tadi
12:50 20.05.2021 (yangilandi: 12:53 20.05.2021) Birinchi seminar Toshkent viloyatida ikkinchisi Samarqandda bo‘lib o‘tadi. Ulardan 100dan ortiq yaponiyalik biznesmenlar ishtirok etadi.
TOShKENT, 20-may - Sputnik. O‘zbekiston yaponiya bilan biznes aloqalarini yanada rivojlantiradi. Bu haqida 19-may kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Yaponiyaning “JETRO” (tashqi savdoni rivojlantirish) tashkiloti bilan imzolagan memorandumda
aytib o‘tilgan. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L.Kudratov va “JETRO”ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari D.Takaxashi tomonidan imzolandi.
Hujjatda har bir alohida hududning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, investitsiyaviy salohiyatini va mamlakatda biznes yuritish uchun joriy etilgan imkoniyatlarni keng yoritish maqsadida Yaponiyaning ishbilarmon doiralari uchun barcha hududlarimizda har oyda biznes-seminarlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Birinchi seminar 20-may kuni Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tadi. “JETRO” tarkibiga kiruvchi yapon kompaniyalarining 100dan ortiq vakillari unda ishtirok etishlarini tasdiqladilar. Keyingi seminar Samarqand viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda “JETRO”ning vakolatxonasi 2000-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Uning asosiy vazifalari Yaponiya kompaniyalaridan mamlakat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish, ikki mamlakat sanoat korxonalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish va ilg‘or texnologiyalar bilan almashishni tashkil etishdan iborat.