Rossiya kompaniyasi Samarqand jamoat transporti uchun bosh reja ishlab chiqmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSiabskiy rinok, Samarkand
Siabskiy rinok, Samarkand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2021
Obuna bo‘lish
Samarqandliklar yo‘llar ta’mirlanishini va kengaytirilishini, barcha transport uchun yagona chipta joriy etilishini istaydi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Rossiyaning "SIMETRA" transport kompaniyasi samarqand aholisini shahar yo‘lovchi transporti harakati rejasini tuzishda faol ishtirok etishga taklif qilmoqda.
Kompaniya 2031-yilga qadar mo‘ljallangan shahar jamoat transporti harakatining bosh rejasini ishlab chiqmoqda.
Buning uchun "SIMETRA" Samarqand shahar hokimligi va Transport vazirligi bilan birgalikda maxsus internet sahifaga ochgan.
Samarqand aholisi 2021-yilning 1-iyuniga qadar shahar aholisi ushbu saytga kirib shaharning bo‘lajak transporti haqida o‘z fikr va istaklarini bildirlari mumkin.
Ayni damda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, shahar aholisi piyodalar uchun xavfsiz infratuzilmalar qurilishi, shahar yo‘llari ta’mirlanishini va kengaytirilishini, transport vositalarini yangilanishini hamda avtobus va tramvaylar uchun yangi yo‘nalishlar ochilishini istaydi.
Undan tashqari samarqandliklar barcha transport uchun yagona chipta turi joriy etilishini va yo‘llarda tezlik cheklanishini istaydi.
Yangiliklar lentasi
0