https://oz.sputniknews.uz/20210520/ozbekiston-va-rossiya-adliya-vazirlari-mdh-huquqiy-axborot-platformasini-muhokama-qilishdi-18826296.html
O‘zbekiston va Rossiya adliya vazirlari MDH huquqiy axborot platformasini muhokama qilishdi
O‘zbekiston va Rossiya adliya vazirlari MDH huquqiy axborot platformasini muhokama qilishdi
Sputnik O‘zbekiston
MDH doirasida huquqiy axborot almashish platformasi - a’zo davlatlar vakolatli organlarining o‘zaro tezkor hamkorligiga qaratilgan. 20.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-20T14:51+0500
2021-05-20T14:51+0500
2021-05-20T14:52+0500
jamiyat
mdh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/14/18820854_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_e53160306b6c64f153b962dca6306bab.jpg
TOShKENT, 20-may – Sputnik. O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov 19-may kuni Rossiya adliya vaziri Konstantin Chuychenko bilan uchrashib, Rossiya-O‘zbekiston orasida huquqiy sohada hamkorlik dasturini yangilash va takomillashtirishni masalalarini muhokama qilishdi. Undan tashqari MDH doirasida huquqiy axborot almashish elektron platformasi yaratishni va uni yaratishning o‘ziga xos jihatlari muhokama qilindi. Ma’lumot uchun: mazkur tizim loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. U huquqiy yordam ko‘rsatish sohasida samaradorlik va mahsuldorlikni oshirish, shuningdek MDHga a’zo davlatlar vakolatli organlarining o‘zaro tezkor hamkorligiga qaratilgan. Ushbu platforma Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yilning dekabr oyida MDH davlat rahbarlari yig‘ilishida ilk bor taklif qilingan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/14/18820854_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_529ebe893c2d300987086ab96eb76b6a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, mdh
O‘zbekiston va Rossiya adliya vazirlari MDH huquqiy axborot platformasini muhokama qilishdi
14:51 20.05.2021 (yangilandi: 14:52 20.05.2021) MDH doirasida huquqiy axborot almashish platformasi - a’zo davlatlar vakolatli organlarining o‘zaro tezkor hamkorligiga qaratilgan.
TOShKENT, 20-may – Sputnik. O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov 19-may kuni Rossiya adliya vaziri Konstantin Chuychenko bilan uchrashib, Rossiya-O‘zbekiston orasida huquqiy sohada hamkorlik dasturini yangilash va takomillashtirishni masalalarini muhokama qilishdi.
Uchrashuvda ikki davlat orasida mavjud xalqaro shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish, huquqiy yordam ko‘rsatish borasida yagona elektron platforma va elektron hujjat almashish tizimini yaratish, sud-ekspertiza faoliyati va yuridik ta’lim sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish taklif qilindi.
Undan tashqari MDH doirasida huquqiy axborot almashish elektron platformasi yaratishni va uni yaratishning o‘ziga xos jihatlari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: mazkur tizim loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. U huquqiy yordam ko‘rsatish sohasida samaradorlik va mahsuldorlikni oshirish, shuningdek MDHga a’zo davlatlar vakolatli organlarining o‘zaro tezkor hamkorligiga qaratilgan. Ushbu platforma Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yilning dekabr oyida MDH davlat rahbarlari yig‘ilishida ilk bor taklif qilingan edi.