https://oz.sputniknews.uz/20210520/ozbekiston-musulmonlari-idorasi-sharqiy-quddusdagi-vaziyat-yuzasidan-munosabat-bildirdi-18818741.html
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sharqiy Quddusdagi vaziyat yuzasidan munosabat bildirdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sharqiy Quddusdagi vaziyat yuzasidan munosabat bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Idora hozirgi qaltis vaziyatda davlatlar, millatlar va elatlar o‘rtasidagi nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish eng to‘g‘ri yo‘l, deb hisoblaydi. 20.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-20T10:49+0500
2021-05-20T10:49+0500
2021-05-20T10:56+0500
jamiyat
isroil
musulmonlar quddus isroil poytaxti bo‘lishiga qarshi
quddus
o‘zbekiston musulmonlari idorasi
falastin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0f/18745119_0:0:2933:1649_1920x0_80_0_0_d269317b3130a6eb3f433dcb7733efab.jpg
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sharqiy Quddusdagi mo‘min-musulmonlar uchun eng tabarruk mintaqada notinchliklar davom etayotganidan jiddiy tashvishda ekanini ma’lum qildi.Idora Quddus shahrida Al-Aqso masjidi Islom dini manbalarida keltirilgan uch muqaddas masjiddan biri ekani va u mo‘min-musulmonlar uchun doimo azizu mukarram ekanini eslatgan.Ta’kidlanishicha, o‘z navbatida ushbu mintaqada boshqa din vakillari uchun ham tabarruk hisoblangan ziyoratgohlar mavjud. Shunday ekan mintaqada zo‘ravonlik, jabru sitamga chek qo‘yilishi hamda bundan buyon shafqatsizlik va qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik juda ham muhim hisoblanadi.Eslatib o‘tamiz, prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskin tus olishidan juda xavotirda ekanini bildirgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210515/erdogon-va-putin-falastinga-qanday-yordam-berishi-mumkin-18746089.html
falastin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0f/18745119_19:0:2750:2048_1920x0_80_0_0_64b90f65cca8dfe5b6a9bb2228efb901.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, isroil, musulmonlar quddus isroil poytaxti bo‘lishiga qarshi, quddus, o‘zbekiston musulmonlari idorasi , falastin
jamiyat, isroil, musulmonlar quddus isroil poytaxti bo‘lishiga qarshi, quddus, o‘zbekiston musulmonlari idorasi , falastin
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sharqiy Quddusdagi vaziyat yuzasidan munosabat bildirdi
10:49 20.05.2021 (yangilandi: 10:56 20.05.2021) Idora hozirgi qaltis vaziyatda davlatlar, millatlar va elatlar o‘rtasidagi nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish eng to‘g‘ri yo‘l, deb hisoblaydi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sharqiy Quddusdagi mo‘min-musulmonlar uchun eng tabarruk mintaqada notinchliklar davom etayotganidan jiddiy tashvishda ekanini ma’lum qildi.
Idora Quddus shahrida Al-Aqso masjidi Islom dini manbalarida keltirilgan uch muqaddas masjiddan biri ekani va u mo‘min-musulmonlar uchun doimo azizu mukarram ekanini eslatgan.
Ta’kidlanishicha, o‘z navbatida ushbu mintaqada boshqa din vakillari uchun ham tabarruk hisoblangan ziyoratgohlar mavjud. Shunday ekan mintaqada zo‘ravonlik, jabru sitamga chek qo‘yilishi hamda bundan buyon shafqatsizlik va qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik juda ham muhim hisoblanadi.
“O‘zbekiston musulmonlari idorasi hozirgi qaltis vaziyatda davlatlar, millatlar va elatlar o‘rtasidagi nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish eng to‘g‘ri yo‘l, deb hisoblaydi. Ayni vaqtda mo‘min-musulmonlarni mavjud voqelikni Quddusdagi vaziyat bilan bog‘lagan holda noo‘rin bahs-munozaralar, ixtilof va tushunmovchiliklar keltirib chiqarishga, noto‘g‘ri xatti-harakatlarga da’vat qilayotgan fitnalardan ehtiyot bo‘lishga chaqiramiz”, - deyilgan idora bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskin tus olishidan juda xavotirda
ekanini bildirgan edi.