https://oz.sputniknews.uz/20210520/mo-davlatlari-oz-xavfsizligini-aqsh-harbiylarisiz-taminlay-oladi--rossiya-tiv-18831676.html
MO davlatlari o‘z xavfsizligini AQSh harbiylarisiz ta’minlay oladi – Rossiya TIV
MO davlatlari o‘z xavfsizligini AQSh harbiylarisiz ta’minlay oladi – Rossiya TIV
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo davlatlari o‘z xavfsizligini amerikalik harbiylarisiz ta’minlay oladi – Rudenko. 20.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-20T18:09+0500
2021-05-20T18:09+0500
2023-04-05T18:33+0500
siyosat
o‘zbekiston
aqsh
markaziy osiyo
afg‘oniston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0e/18323930_89:178:2389:1472_1920x0_80_0_0_5c5e31d84f85975bf29e39c4405d0e28.jpg
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko Afg‘onistondagi AQSh qo‘shinlarining Markaziy Osiyo davlatlariga ehtimoliy joylashtirilishi yuzasidan izoh berdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlariga o‘z xavfsizligini ta’minlashi uchun Amerika harbiylari kerak emas.Bundan avval “xizmat AQSh Afg‘onistondan olib chiqib ketilayotgan qo‘shinlarini qo‘shni davlatlarga joylashtirishga harakat qilayotgani haqida ma’lumotlarga ega”, - dedi RF tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin. Rossiya nafaqat uning sheriklari, balki KXShT bo‘yicha ittifoqchilari ham bunga rozi bo‘lmasligiga umid qilmoqda, dedi u.Undan oldin O‘zbekiston Mudofaa vazirligi: respublika hududida xorijiy harbiy bazalar joylashtirish mumkin emas, deb bayonot bergandi. O‘zbekiston mudofaa doktrinasida mamlakat hududida xorijiy harbiy obyektlarini joylashtirish nazarda tutilmagan. Shuningdek, respublikaning harbiy sohadagi siyosati mamlakat qurolli kuchlarining tinchlikparvarlik operatsiyalari va chet eldagi qurolli mojarolarda qatnashmasligiga asoslangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0e/18323930_0:0:2655:1991_1920x0_80_0_0_5c4908382700d0b4e00acf3e9bc152fe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, aqsh, markaziy osiyo, afg‘oniston, rossiya
siyosat, o‘zbekiston, aqsh, markaziy osiyo, afg‘oniston, rossiya
MO davlatlari o‘z xavfsizligini AQSh harbiylarisiz ta’minlay oladi – Rossiya TIV
18:09 20.05.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) Markaziy Osiyo davlatlari o‘z xavfsizligini amerikalik harbiylarisiz ta’minlay oladi – Rudenko.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko Afg‘onistondagi AQSh qo‘shinlarining Markaziy Osiyo davlatlariga ehtimoliy joylashtirilishi yuzasidan izoh berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlariga o‘z xavfsizligini ta’minlashi uchun Amerika harbiylari kerak emas.
“Menimcha, Markaziy Osiyo davlatlari ularning hududida AQSh qo‘shinlarisiz o‘z chegaralari va ichki xavfsizligini ta’minlashi mumkin”, - dedi Andrey Rudenko “Valday” xalqaro munozara klubining Markaziy Osiyo konferensiyasi kuluarida.
Bundan avval “xizmat AQSh Afg‘onistondan olib chiqib ketilayotgan qo‘shinlarini qo‘shni davlatlarga joylashtirishga harakat qilayotgani haqida ma’lumotlarga ega”, - dedi RF tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin. Rossiya nafaqat uning sheriklari, balki KXShT bo‘yicha ittifoqchilari ham bunga rozi bo‘lmasligiga umid qilmoqda, dedi u.
Undan oldin O‘zbekiston Mudofaa vazirligi: respublika hududida xorijiy harbiy bazalar joylashtirish mumkin emas, deb bayonot bergandi.
O‘zbekiston mudofaa doktrinasida mamlakat hududida xorijiy harbiy obyektlarini joylashtirish nazarda tutilmagan. Shuningdek, respublikaning harbiy sohadagi siyosati mamlakat qurolli kuchlarining tinchlikparvarlik operatsiyalari va chet eldagi qurolli mojarolarda qatnashmasligiga asoslangan.