https://oz.sputniknews.uz/20210519/toshkentda-id-kartasi-bor-haydovchilarning-hujjatini-onlayn-tekshirish-boshlandi-18799344.html
Toshkentda ID-kartasi bor haydovchilarning hujjatini onlayn tekshirish boshlandi
Toshkentda ID-kartasi bor haydovchilarning hujjatini onlayn tekshirish boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
19 maydan boshlab haydovchilar hujjatini ID-karta yordamida tekshirish amaliyoti Toshkent shahrida sinov tariqasida joriy etildi. 19.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-19T12:05+0500
2021-05-19T12:05+0500
2021-05-19T12:05+0500
jamiyat
yhhb
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1390/25/13902539_0:72:3071:1799_1920x0_80_0_0_a23c366c723d2cf47955e83eb734a405.jpg
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining qaror bilan 2021-yil 1-sentabrdan boshlab ID-kartalari mavjud haydovchilardan bir qator hujjatlar talab qilinmaydi. 19-maydan boshlab hujjatlarni ID-karta yordamida tekshirish amaliyoti Toshkent shahrida sinov tariqasida joriy etildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.Unga ko‘ra, haydovchining ID-kartasi bo‘lsa, quyidagi hujjatlarni undan talab etish tartibi bekor qilinadi:Ta’kidlanishicha, "e-Protokol" axborot tizimi takomillashtirilib, yo‘l patrul xodimlariga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan planshetlar yordamida ID-kartani o‘qish orqali fuqaroning ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratildi.O‘zbekistonda 2021-yil 1-yanvardan shaxsni identifikatsiyalashning yagona mexanizmini joriy etish boshlangan va 2030-yilgacha pasportlarni ID-kartalarga almashtirish rejalashtirilgan. ID-kartalar faqat O‘zbekiston hududida amal qiladi. Mamlakatdan tashqarida sayohat qilish uchun chet elga chiqishda O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti (xorijga chiqish pasporti) talab qilinadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1390/25/13902539_143:0:2872:2047_1920x0_80_0_0_e4a696031aa7f6ef18643781a7e6d5ba.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yhhb
Toshkentda ID-kartasi bor haydovchilarning hujjatini onlayn tekshirish boshlandi
19 maydan boshlab haydovchilar hujjatini ID-karta yordamida tekshirish amaliyoti Toshkent shahrida sinov tariqasida joriy etildi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining qaror bilan 2021-yil 1-sentabrdan boshlab ID-kartalari mavjud haydovchilardan bir qator hujjatlar talab qilinmaydi. 19-maydan boshlab hujjatlarni ID-karta yordamida tekshirish amaliyoti Toshkent shahrida sinov tariqasida joriy etildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati
xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, haydovchining ID-kartasi bo‘lsa, quyidagi hujjatlarni undan talab etish tartibi bekor qilinadi:
vositasini boshqarish uchun notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma;
avtomototransport texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga, ya’ni qoraytirishga ruxsatnoma.
Ta’kidlanishicha, "e-Protokol" axborot tizimi takomillashtirilib, yo‘l patrul xodimlariga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan planshetlar yordamida ID-kartani o‘qish orqali fuqaroning ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratildi.
"ID-karta" orqali tekshirilganda, ma’lumotlar aniqlanmagan yoki tizimda uzilishlar bo‘lgan holatlarda barcha haydovchilardan inspektorga ushbu hujjatlarni aslini taqdim etishilarini, shuningdek, vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘rab qolamiz", - deyiladi boshqarma xabarida.
O‘zbekistonda 2021-yil 1-yanvardan shaxsni identifikatsiyalashning yagona mexanizmini
joriy etish boshlangan va 2030-yilgacha pasportlarni ID-kartalarga almashtirish rejalashtirilgan. ID-kartalar faqat O‘zbekiston hududida amal qiladi. Mamlakatdan tashqarida sayohat qilish uchun chet elga chiqishda O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti (xorijga chiqish pasporti) talab qilinadi.