https://oz.sputniknews.uz/20210519/prezident-cogliqni-saqlash-sohasidagi-vazifalarni-5-ta-yonalishda-belgilab-berdi-18796292.html
Prezident cog‘liqni saqlash sohasidagi vazifalarni 5 ta yo‘nalishda belgilab berdi
Prezident cog‘liqni saqlash sohasidagi vazifalarni 5 ta yo‘nalishda belgilab berdi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev raqamlashtirish orqali sohada qog‘ozbozlik, burokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish zarurligini ta’kidladi. 19.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-19T10:23+0500
2021-05-19T10:23+0500
2021-05-19T10:40+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18795902_0:68:1301:799_1920x0_80_0_0_e07298305ad520c5fe94566ec52b7869.jpg
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi asosida soha bosqichma-bosqich takomillashtirib kelinmoqda. So‘nggi bir yilda tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan 20 dan ortiq farmon va qarorlar qabul qilindi. Bu yil sohaga budjetdan 21 trillion so‘m, ya’ni 2017-yilga nisbatan 3 baravar ko‘p mablag‘ ajratildi.Lekin, tizimda samaradorlik va aholiga qulayliklarni oshirish bo‘yicha hali ko‘p ish qilish kerak. Joylarda o‘tkazilgan so‘rovlarda bor-yo‘g‘i 13 foiz aholi tibbiyotdagi ijobiy o‘zgarishlarni sezayotganini aytgan.Shavkat Mirziyoyev sohadagi vazifalarni 5 ta yo‘nalishda ko‘rsatib o‘tdi.Yig‘ilishda ushbu vazifalarni bajarishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18795902_72:0:1227:866_1920x0_80_0_0_0cb9aa673a63c0e55154bceca0753e18.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, shavkat mirziyoyev, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jamiyat, shavkat mirziyoyev, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
Prezident cog‘liqni saqlash sohasidagi vazifalarni 5 ta yo‘nalishda belgilab berdi
10:23 19.05.2021 (yangilandi: 10:40 19.05.2021) Shavkat Mirziyoyev raqamlashtirish orqali sohada qog‘ozbozlik, burokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish zarurligini ta’kidladi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi asosida soha bosqichma-bosqich takomillashtirib kelinmoqda. So‘nggi bir yilda tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan 20 dan ortiq farmon va qarorlar qabul qilindi. Bu yil sohaga budjetdan 21 trillion so‘m, ya’ni 2017-yilga nisbatan 3 baravar ko‘p mablag‘ ajratildi.
Lekin, tizimda samaradorlik va aholiga qulayliklarni oshirish bo‘yicha hali ko‘p ish qilish kerak. Joylarda o‘tkazilgan so‘rovlarda bor-yo‘g‘i 13 foiz aholi tibbiyotdagi ijobiy o‘zgarishlarni sezayotganini aytgan.
Shavkat Mirziyoyev sohadagi vazifalarni 5 ta yo‘nalishda ko‘rsatib o‘tdi.
Birinchisi – birlamchi tibbiyot bo‘g‘inini kasallikni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizimga aylantirish.
Ikkinchisi – ixtisoslashgan markazlar tomonidan joylarda tor doiradagi tibbiy xizmatlar hajmini oshirish va sifatini tubdan yaxshilash.
Uchinchisi – raqamlashtirish orqali sohada qog‘ozbozlik, burokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish.
To‘rtinchisi – tibbiyotning barcha yo‘nalishlarida raqobatni rivojlantirish va xususiy sektor ishtirokini kengaytirish.
Beshinchisi – tibbiyot xodimlari bilimini oshirish, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish.
Yig‘ilishda ushbu vazifalarni bajarishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.