Jahon banki qishloq hududlarni rivojlantirishga yordam beradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Vsemirnogo banka
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Vsemirnogo banka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2021
Obuna bo‘lish
Jahon banki O‘zbekistonda qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish va hududlarda sanoatni rivojlantirishga yordam beradi.
TOShKENT, 19-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon 18-may kuni Jahon banki prezidentining o‘rinbosari Anna Byerde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Yangi besh yillik Sheriklik dasturini puxta tayyorlash va qabul qilishga kelishib olindi.
"O‘zbekiston tarixan qisqa davrda juda katta ishlarni amalga oshirdi. Islohotlar mamlakatning ham ichki, ham tashqi qiyofasini fundamental ravishda o‘zgartirib yubordi. Shu tufayli mamlakatingiz xorijiy investorlar uchun jozibador", dedi yetakchi xalqaro moliyaviy institut rahbari.
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki tomonidan taklif etilgan yangi kun tartibi to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.Kun tartibidan quyidagi sheriklik yo‘nalishlari o‘rin olgan:
eng avvalo qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlarning ishbilarmonlik tashabbuslarini ilgari surish orqali mamlakatda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash;
sezilarli natijalarga erishish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini tubdan oshirish maqsadida oliy ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi yangilanishlar samaradorligini oshirish;
respublika hududlarini jadal industriallashtirish dasturini amalga oshirish va o‘rta shaharlarni rivojlantirish loyihasini davom ettirish;
taraqqiyotning innovatsion modeliga o‘tish, "yashil iqtisodiyot"ni joriy qilish;
yer munosabatlari sohasidagi islohotlarni davom ettirish;
korrupsiyaga qarshi kurashish va davlatning rivojlanish institutlari salohiyatini oshirish;
yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalarini birgalikda ilgari surish.
Uchrashuv yakunida hamkorlikning yuksak sur’atlarini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi strategik sheriklikka doir ustuvor dastur va loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida doimiy muloqotlar va samarali almashinuvlarni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekiston va Jahon banki orasida loyihalarning umumiy portfeli 7 milliard dollarga yetmoqda. Amaldagi dastur ta’lim, sog‘liqni saqlash, energetika, suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi, transport kabi ustuvor sohalar va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab olgan umumiy qiymati 4,1 milliard dollarlik 23 ta loyihani o‘z ichiga olgan.
Undan tashqari, Bank ekspertlari maslahat-texnik ko‘mak ko‘rsatmoqda, davlat korxonalarini transformatsiya qilish, transport va qishloq xo‘jaligi sohalarini modernizatsiya qilish, elektr energetikasining barcha bo‘g‘inlarini isloh qilishda ishtirok etmoqda. Muqobil energiya manbalarini joriy qilish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0