https://oz.sputniknews.uz/20210519/bu-yil-ham-maktablardagi-yakuniy-imtihonlar-bekor-qilinadimi-18801653.html
Bu yil ham maktablardagi yakuniy imtihonlar bekor qilinadimi?
Bu yil ham maktablardagi yakuniy imtihonlar bekor qilinadimi?
Sputnik O‘zbekiston
Joriy yilda barcha umumta’lim maktablarida bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlari o‘tkaziladi. 19.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-19T13:31+0500
2021-05-19T13:31+0500
2021-05-19T13:35+0500
jamiyat
maktab
imtihon
xalq ta’limi vazirligi (xtv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/641/25/6412588_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_1bd84476168f818158d58b149f9ee1e4.jpg
TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston maktablarida yakuniy imtihonlar 26-maydan boshlanadi. Maktab karantinga yopilgan bo‘lsa, imtihonlar bekor qilinmaydi. Imtihonlar karantin muddati tugaganidan so‘ng o‘tkaziladi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ma’lum qildi.Qayd etilishicha, joriy yilda barcha umumta’lim maktablarida bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlari o‘tkaziladi. Imtihonlar o‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash va karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazilishi nazoratga olinadi.Imtihon savollari va materiallari mutlaqo bepul. Imtihon biletlari va namunaviy savollar Xalq ta’limi vazirligining rasmiy telegram kanaliga joylashtirilgan.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili koronavirus pandemiyasi sabab O‘zbekistonda maktablardagi yakuniy imtihonlar bekor qilingan edi. Maktablarga o‘quvchilarning yillik baholarini istisno tariqasida ushbu o‘quv yilining 3 ta chorak baholari asosida chiqarish tavsiya etilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/641/25/6412588_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_332f0b8dd836384d090eea8e93e3c6b6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, maktab, imtihon, xalq ta’limi vazirligi (xtv)
jamiyat, maktab, imtihon, xalq ta’limi vazirligi (xtv)
Bu yil ham maktablardagi yakuniy imtihonlar bekor qilinadimi?
13:31 19.05.2021 (yangilandi: 13:35 19.05.2021) Joriy yilda barcha umumta’lim maktablarida bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlari o‘tkaziladi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston maktablarida yakuniy imtihonlar 26-maydan boshlanadi. Maktab karantinga yopilgan bo‘lsa, imtihonlar bekor qilinmaydi. Imtihonlar karantin muddati tugaganidan so‘ng o‘tkaziladi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova
ma’lum qildi. Qayd etilishicha, joriy yilda barcha umumta’lim maktablarida bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlari o‘tkaziladi. Imtihonlar o‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash va karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazilishi nazoratga olinadi.
26 maydan 2-iyunga qadar 5,6,7,8 va 10-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat imtihonlari, 26-maydan 15-iyunga qadar 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat imtihonlari og‘zaki, yozma hamda test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
Imtihon savollari va materiallari mutlaqo bepul. Imtihon biletlari va namunaviy savollar Xalq ta’limi vazirligining rasmiy telegram kanaliga
joylashtirilgan.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili koronavirus pandemiyasi sabab O‘zbekistonda maktablardagi yakuniy imtihonlar
bekor qilingan edi. Maktablarga o‘quvchilarning yillik baholarini istisno tariqasida ushbu o‘quv yilining 3 ta chorak baholari asosida chiqarish tavsiya etilgan edi.